Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish choralari koʻrilmoqda


Taʼkidlab oʻtish kerakki, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab boʻlayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini oʻz vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini yanada oshirish dolzarb vazifa sifatida namoyon boʻlmoqda.
Shu asnoda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qarori qabul qilindi.
Mazkur Qaror bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi «Oʻzbekiston — 2030» strategiyasi toʻgʻrisida»gi PF-158-son Farmonining ustuvor maqsadlariga erishish, shuningdek, masʼul davlat organlari va tashkilotlarining respublika mahallalarida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatini 2025-yilda sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida ustuvor vazifalar va amalga oshirish mexanizmlari joriy etildi.
Xususan, 2024-yilda jinoyat sodir etilgan har bir mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilishning mahallalar kesimida choraklik manzilli chora-tadbirlarini belgilagan holda mahalla — tuman — viloyat darajasida uning ijrosi uchun bevosita masʼul rahbarlarni biriktirish va aniq sohaviy javobgarlikni yuklash;
kriminogen vaziyat ogʻir mahallalarda ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli oʻrganishlarni oʻtkazish orqali huquqbuzarliklarga sabab boʻlayotgan asl omillarni aniqlash va barham berish boʻyicha tashkiliy-huquqiy choralarni koʻrish;
mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda «mahalla yettiligi» har bir vakilining aniq masʼuliyatini belgilash, ushbu toifadagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga yangicha ish uslublarini tatbiq qilish;
aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik masʼuliyatini oshirish, jinoyat sodir etilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan ijtimoiy muammolarni hal etishga jamoatchilik vakillari, nuroniylar va mahalla faollarini keng jalb etib borish;
mahallalar jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish, fuqarolar hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalarni keng joriy etish;
mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha har bir masʼul idora va muassasa tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijalari yuzasidan qatʼiy soʻrov tizimini yoʻlga qoʻyish hamda ushbu masalaga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan rahbarlarga taʼsir choralarini koʼrib borish.
Shu bilan birga, mazkur qaror bilan 2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar Dasturi hamda Yoʻl xaritasi tasdiqlandi.
Yuqoridagi Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Аdliya vazirligining koʻrsatmasiga asosan, tuman adliya boʻlimi sohaviy xizmat xodimlari tomonidan tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda kriminogen vaziyat ogʻir, ayniqsa qizil hududlarga kiritilgan mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan manzilli ishlar tashkil etilib,mahallalarda 2024-yilda sodir etilgan jinoyatlarni tahlil etib, mahalla hududlarida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini tashkil etish maqsadida, ayniqsa mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar, voyaga yetmaganlar, maktab bitiruvchilari hamda oʻquv muassasalaridagi talabalar bilan ijtimoiy profilaktika choralari doirasida manzilli huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Oʻtkazilayotgan huquqiy targʻibot tadbirlari davomida, asosiy eʼtiborni mahalla fuqarolari yigʻinlarida istiqomad qiluvchi, IIB tomonidan profilaktik hisobga olingan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar, mayda bezorilik, oilaviy (maishiy) zoʻravonlik, giyohvandlik vositalari va alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq jinoyatlar va huquqbuzorliklarni sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar roʻyxati shakllantirilib, ushbu shaxslar mahalla fuqarolari yigʻinlari yettiligi hamda mahalla koʻcha biylari va faollariga biriktirib berilgan holda ular bilan tizimli ravishda yakka va umumiy turdagi profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, adliya boʻlimi xodimlari tomonidan birinchi navbatda hududlar kesimida huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, oʻrganish, bartaraf etish chora-tadbirlari koʻrilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, tuman adliya boʻlimi tomonidan mahallalarda muqaddam huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam koʻrsatishga, shuningdek ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirish, ayniqsa ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish, shuningdek tumandagi huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining oʻzaro hamkorligini taʼminlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.


Toʻrtkoʻl tuman adliya boʻlimi,
Yuridik xizmat koʻrsatish
markazi boshligʻi    B.Аvazmetov