Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Taxiatosh tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 2024 yilda bajarilgan ishlar


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 29-iyundagi 5168-sonli Qaroriga muvofiq 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab Taxiatosh tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etildi.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi 2024-yil davomida davlat organi va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;
davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;
davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish sohasida bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi davlat organi va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish “E-huquqshunos” elektron tizim orqali amalga oshirildi.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hozirgi kunda mazkur qaroriga asos 52 davlat organi va tashkilotiga yuridik xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
2024-yil davomida Taxiatosh tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markaziga 18942 buyruq, 10860 shartnoma, hamda 29 talabnoma yuridik tusdagi hujjatlar kelib tushdi va markaz tomonidan ijobiy xulosa berildi.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 2024-yil davomida davlat organi va tashkilotlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish borasida og’zaki 175, ommaviy axborot vositalari orqali 66, zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalar orqali etkazishda 112 ta huquqiya targ’ibot ishlari amalga oshirildi.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan davlat organi va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarining buyruq va shartnomalarining sifatli va qonuniy qabul qilishini ta’minlash borasida hamda huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirishda o‘z ishlarini amalga oshirmoqda.

Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i  O.Babanov