Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya koʻmagi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining 14 ta xodimiga toʻlanmay qolgan 50 mln dan ortiq mukofot pullari undirib berildi


Adliya koʻmagi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining 14 ta xodimiga toʻlanmay qolgan 50 mln dan ortiq mukofot pullari  undirib berildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligida ishlovchi fuqaro S.Sabirbaev va undan boshqa yana 13 ta xodimga “hayfsan”  intizomiy jazo chorasi qoʻllanilganligi munosabati bilan choraklik toʻlanishi lozim boʻlgan mukofot pullari toʻlanmaganidan norozi boʻlib yoʻllagan murojaati kelib tushdi.
Vazirlik tomonidan murojaat tegishli tartibda oʻrganib chiqilib, 14 xodimga 2024-yilning 3-choragi bilan jami 50 mln dan ortiq choraklik mukofot pullari toʻlanmaganligi aniqlandi.
Mehnat kodeksining 299-moddasida Ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlari jumlasiga kirmaydi deb belgilangan.
Shuningdek, ushbu moddaga koʻra Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori 4-bandida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar rahbarlarida belgilangan mehnat haqi fondi doirasida o‘z vazifalarini vijdonan, shuningdek alohida muhim va mas’uliyatli ishlarni bajarayotgan xodimlarni, shu maqsadlarga ikki oylik mehnat haqi fondi miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirgan holda mukofotlash. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlarini mukofotlashning miqdorlari ishning umumiy natijalariga ularning shaxsiy ulushiga qarab belgilanishi, bunga bir oylik ish haqi fondini yo‘naltirgan holda, xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish huquqi saqlab qolinadi.
Shu munosabat bilan mazkur murojaat vazirlik tomonidan qanoatlantirilib, 14 ta fuqaroga jami 50 mln dan ortiq choraklik mukofot pullari undirib berildi.

Asilbek Moldaxmetov
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Adliya vazirligi inson huquqlarini
himoya qilish sho’basi boshligʻi