Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Adliya koʻmagi bilan tez tibbiy yordam markazida ishlovchi xodimga mehnat ta’tili davrida toʻlanmay qolgan 4 mln 571 ming 849 soʻm pullari undirib berildi


Adliya koʻmagi bilan tez tibbiy yordam markazida ishlovchi xodimga mehnat ta’tili davrida toʻlanmay qolgan 4 mln 571 ming 849 soʻm pullari undirib berildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpogʻiston filialida ishlovchi fuqaro G.Babanazarova ta’til grafigi va ish beruvchining  02-07/2003-jq-son buyrugʻi bilan 2024-yil 10-dekabrdan mehnat ta’tiliga chiqqanligi va 2 mln 253 ming 236 soʻm miqdorida ta’til puli toʻlanganligidan noroziligini bildirib murojaat qildi.
Vazirlik tomonidan murojaat tegishli tartibda oʻrganib chiqilib, xodimga mehnat ta’tili puli jami 6 mln 825 ming 085 soʻm miqdorida toʻlanishi kerak lozimligi, ammo 2 mln 253 ming 236 soʻm toʻlangani, ya’ni 4 mln 571 ming 849 soʻm pul kam toʻlangani aniqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 244-moddasiga muvofiq ish beruvchining o‘z moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan bajarilgan ish uchun haq to‘lashni amalga oshirish majburiyatini mustahkamlab qo‘yishi kafolatlanadi.
Mazkur murojaat vazirlik tomonidan qanoatlantirilib, fuqaro G.Babanazarovaning 4 mln 571 ming 849 soʻm miqdoridagi mehnat ta’tili puli undirib berildi.

Asilbek Moldaxmetov
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Adliya vazirligi inson huquqlarini
himoya qilish sho’basi boshligʻi