Янгиликлар
06
Qonunchilikdagi yangiliklar
Zamon rivojlanishi bilan qonunlar rivojlanib boradi va kundan-kunga rivojlanish bo’layotgan davlatimizda ham inson huquqlarini mustahkamlash masalasida har kuni yangi loyihalar amalga oshirilmoqda va muhim o‘zgarishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Quyida ushbu yangiliklarning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Sug‘urtalovchilarni baholash mezonlari tasdiqlandi. Sug‘urtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom sug‘urta kompaniyalarining faoliyatini baholash va ularning ishonchliligini oshirishga qaratilgan. Ixtiyoriy ekologik markirovkalash joriy etildi.
2025-yil 23-yanvardan boshlab "Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi" MChJ tomonidan ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi joriy etildi. Bu tizim ekologik toza mahsulotlarni targʻib qilish va ularning dunyodagi taʼsirini oshirishga qaratilgan.
2025-yil 22-yanvardan boshlab eksportni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarining Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirilishiga qaratilgan qator imtiyoz va afzalliklar bekor qilindi. Bu oʻzgarishlar xalqaro savdo qoidalariga moslashishga xizmat qiladi.
Yovvoyi hayvonlarni saqlash uchun javobgarlik belgilandi. 2025-yil 23-yanvardan boshlab mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tutish va saqlash boʻyicha choralar koʻrilmagani uchun jarimalar joriy etildi.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha biotexnik tadbirlarni o‘tkazish hududlari va ularga qo‘yiladigan talablar belgilandi.
Bu Qarorlar yovvoyi hayvonlar populyatsiyasini saqlash va ularning tabiiy muhitini himoya qilishga, yovvoyi hayvonlarning nazoratsiz koʻpayishini oldini olishga qaratilgan. Ushbu o‘zgarishlar mamlakatimizda turli sohalarda qonunchilikni takomillashtirish va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
To’rtko’l tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti I.Satbayev