Янгиликлар
24
Beruniy tumani adliya boʻlimi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlili
Beruniy tumani adliya boʻlimi tomonidan 2024-yil davomida bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo`lib, bo`lim xodimlari bilan birgalikda tahlil qilib olindi.
Xususan, tuman adliya boʻlimiga hisobot davrida 801 ta xat va hujjatlar kelib tushgan, o`tgan yildan 3 ta xat ijroda qolgan, shundan 523 tasi ijro etilgan, 261 tasi ma’lumot uchun qabul qilingan, 20 tasi ijroda qolgan.
Fuqarolarning murojaatlari 656 tani tashkil etib, shundan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar soni 640 ta (sayyor qabulda 99 ta), mazkur murojaatlarning 587 tasi hal etilgan bo`lib, 50 tasi ijroda, 17 tasi taalluqliligi bo`yicha boshqa tashkilotlarga yuborildi, 2 tasi ko`rmasdan qoldirildi, hal etilgan murojaatlarning 489 tasi (83,3 %) qanoatlantirildi, qolgan 98 tasiga tushuntirish berildi.
Murojaatlar mazmuni tahlil qilinganida, eng ko`p murojaatlar mehnat munosabatlari, davlat xizmatlarini ko`rsatish va uy-joy masalalariga to`g`ri kelgan.
Beruniy tumani adliya boʻlimi tomonidan 84 tashkilotda 21 ta oʻrganish va 27 ta monitoringlar o’tkazilgan bo’lib, shundan, 10 ta o‘rganish va 1 ta monitoring ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti sohasi, 3 ta o`rganish va 3 ta monitoring davlat boshqaruvi tizimini samaradorligini tahlil qilish sohasi, 4 ta o`rganish va 9 ta monitoring inson huquqlarini himoya qilish sohasi, 4 ta o`rganish va 11 ta monitoring davlat xizmatlari sohasiga oid bo’ldi.
Oʻrganish va monitoringlar davomida 5041 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi, shuning natijasida 159 ta huquqiy ta’sir choralari qoʻllanilib, shundan 54 tasi “Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida” taqdimnoma, 32 ta ma’muriy taklif, 4 tasi ogohnoma, 69 tasi da’vo arizalarni tashkil qiladi.
Shuningdek, tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga umumiy summasi 990 673 000 soʻmlik 52 ta da’vo arizalar kiritilgan, shundan ish haqi va ustama to`lovlari undirish boʻyicha 44 ta da’vo arizalar, yuridik faktni belgilash bo`yicha 8 ta ariza kiritildi, sudning hal qiluv qaroriga asosan 1 ta fuqaroning olti nafar, 1 ta fuqaroning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining tug`ilganligi fakti, 5 nafar shaxsning o`lganligi fakti, 1 nafar fuqaroning O`zbekiston Respublikasida 15 yildan ortiq yashaganlik belgilandi, 8 ta fuqaroga 155 992 651 so`m miqdorida ustama haq undirib berildi, 9 ta da’vo ariza rad etildi, 29 tasi ko`rmasdan qoldirildi, 4 tasi ijroda, shuningdek Nukus tumanlararo Ma’muriy sudiga 17 ta ariza kiritilib, shundan 17 tasi bo`yicha Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi Beruniy tuman bo`limining javob berish bilan bog`liq bo`lgan 2 ta harakati va 15 ta qarori qonunga xilof deb topilib, 17 nafar fuqarolarning mehnat daftarchasida qayd etilgan ish yillarini mehnat satjiga qo`shib hisoblash va pensiya tayinlash bo`yicha majburiyat yuklatildi, sudgacha taqdimnoma asosida fuqarolarga 1 421 255 000 soʻm ish haqi, ustama va boshqa to`lov pullari undirib berilib, 307 nafar fuqarolarning, 167 nafar tadbirkorlik subyektlarning buzilgan huquqlari tiklab berildi. Fuqarolar murojaatlari hamda o’tkazilgan o’rganishlar asosida davlat organlari va tashkilotlariga kiritilgan taqdimnomalarga binoan 15 ta xodim intizomiy javobgarlikka, 32 ta mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, o'tkazilgan o'rganishlar va monitoringlar davomida aniqlangan qonunchilikka nomuvofiq bo'lgan jami 542 ta hujjat bekor qilindi va qonunchilikka muvofiqlashtirildi.
Hisobot davrida boʻlimga Xalq deputatlari tuman Kengashining 10 ta, tuman hokimining 5 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan bo`lib, shundan 12 tasiga ijobiy, 1 tasiga salbiy xulosa berildi, 2 tasi belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarilgan.
Huquqiy targʻibot boʻyicha 1988 ta tadbir, shundan ommaviy axborot vositalari orqali 189 ta, ijtimoiy tarmoqlar orqali 782 ta, 4959 ta ogʻzaki,
58 ta koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilgan qonunchilik hujjatlari soni 1012 tani tashkil etdi.
S.Raimbekova,
Beruniy tuman adliya boʻlimi boshligʻi
I darajali yurist