Янгиликлар
24
2024 yil davomida Amudaryo tumani FHDYo bo`limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida
Amudaryo tumani FHDYo bo`limi tomonidan aholiga huquqiy xizmat ko`rsatish bo`yicha 2024 yil 12 oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Jumladan, 4652 ta tuǵilganlik qayd qilinib, shundan 1 nafari muddatida tug`ilishi qayd qilinmagan bolalar bo`lib, qo`shimcha hujjatlar to`planishida amaliy yordam berilib, tug`ilganligi qayd qilinib, guvohnomalar berildi. 139 ta fuqarolik holati dalolatnomalariga o`zgartirish, tuzatishlar kiritilib, takroriy guvohnomalar rasmiylashtirib berildi.
Nikohda turmagan ota-onalardan tuǵilgan 157 ta farzandlarga otalik belgilanib, o`tgan 2023 yilga nisbatan 11 taga kamaygan bo`lib, yolǵiz onadan tuǵilgan 62 ta bolalarga tuǵilganlik guvohnomalar berildi.
1606 ta nikoh qayd qilingan bo`lib, shundan 1233 tasi yosh oilalar bo`lib, sayyor ravishda o`tkazilgan nikohlar soni esa 464 tani tashkil qiladi.
2024 yil nikohdan ajralish 190 ta bo`lib, yarashtirish komissiyalari tomonidan ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish choralari ko`rilmoqda.
Tuman FHDYo bo`limiga jismoniy shaxslardan kelib tushgan jami 280 ta murojaatlarga tegishli ravishda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Minsk Konvenciyasi asosida kelib tushgan murojaatlar bo`yicha 209 nafar fuqaroga MDH davlatlaridan guvohnoma va ma`lumotnomalar olishda amaliy yordam ko`rsatildi.
Fuqarolarga ko`rsatilgan huquqiy xizmatlar natijasida jami 292 719 610 so`m davlat boji, 383 363 250 so`m gerb yiǵimi, 216 236 000 so`m pulli xizmat ko`rsatildi.
Amudaryo tumani adliya bo`limi
FHDYo bo`limi mudirasi M.Eshmuradova