Янгиликлар
24
2024-yil davomida Amudaryo tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 29- iyun kungi PQ-5168-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan vazifa va funksiyalar doirasida Amudaryo tuman adliya bo‘limi YuXKM tomonidan 2024-yil davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan:
Yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar faoliyatini huquqiy ta’minlashni tashkil etish bo‘yicha:
2024-yil davomida, yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlardan jami 62 073 ta yuridik tusga ega hujjatlar markazga kelib tushgan va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.
Huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan hujjatlarning 60 879 tasiga ijobiy xulosa berildi.
Shuningdek, markaz tomonidan 133 ta hujjat loyihalari amaldagi qonunchilikka nomuvofiq bo‘lgani sababli, markaz tomonida salbiy xulosalar berilgan.
Shuningdek, 1052 ta hujjat loyihalari qonunchilikka muvofiqlashtirish va qayta ishlash uchun rad etilib tashkilotlarga qaytarilgan.
Yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar tomonidan YuXKM tomonidan ijobiy xulosalar olingandan keyin 59 815 ta hujjat imzolangan.
Yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash sohasida:
2024-yil hisobot davrida, Markaz tomonidan shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlari yuzasidan yuridik xizmat ko‘rsatish belgilangan tashkilotlar manfaatlarini ko‘zlab, umumiy su‘mmasi 101 734 286 so‘mlik 13 ta talabnoma kreditor qarzdorligi mavjut tashkilotlarga kiritilgan bo’lib, shundan 5 ta talabnoma yuborish natijasida tashkilot foydasiga 26 228 286 tegishli summalar undirilishiga erishildi, Bundan tashqari 70 748 639 so‘mlik 7 ta da’vo arizasi sudga kiritish maqsadida tizim orqali yuridik xizmat ko‘rsatish markaziga kelib tushgan, shundan 4 ta da’vo arizasi 70 748 639 so‘mlik qarzdorliklar tashkilot foydasiga qanoatlantirilgan bo’lsa, qolgan 3 tasi tizimga noto’g’ri takroran kiritilganligi va mavjud xato kamchiliklari sababli markaz tomonidan rad etilgan.
Yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish sohasida:
Markaz xodimlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, 2024-yil davomida jami 185 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan 185 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlarining 78 tasi OAV (televideniye, gazeta, radio va zamonaviy internet sayt) orqali, qolgan 107 tasi og‘zaki ravishda tadbirlar amalga oshirildi.
Markaz tomonidan metodik yordam ko’rsatish yo’nalishi bo‘yicha yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar hamda tumanda mavjud 49 ta OFY MFYlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.05.2024 yildagi Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risidagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida metodik qo’llanmalar to’liq tarqatildi.
Amudaryo tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig’i Sh.Vaisniyazov