Янгиликлар
24
Konstitutsiya va qonun ustuvorligi
Konstitutsiya va qonun ustuvorligi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan va unda asosiy qomusimizning ahamiyati to‘g‘risida qator normalar mavjud.
Shunday normalardan biri Konstitutsiyamizning “Konstitutsiya va qonunning ustunligi” deb nomlangan 3-bobida ham aks etgan.
Xususan, ushbu bobdagi 15-moddada, “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo‘llaniladi. Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar” deb belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ushbu moddada Konstitutsiya va qonunlarining ustunligi, maqomi, ularning amal qilishi va qo‘llanilishiga doir zarur qoidalar aks etgan.
Shuninndek, ushbu bobning 16-moddada, “Ushbu Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasining huquq va manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida nazarda tutilgan asosiy prinsip va normalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul qilinadi. Birorta qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaning prinsip va normalariga zid bo‘lishi mumkin emas” deb belgilangan bo‘lib, ushbu moddada Konstitutsiyaning qoidasining talqin etilishi va qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiq bo‘lishi kerakligi haqida zarur qoidalar aks etgan.
Ya’ni, Konstitutsiyamizdagi yuqoridagi normalar inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi 2-darajali yurist
B.Kalbaev