Янгиликлар
24
Ko'chmas mulkka bo’lgan huquqlarni rasmiylashtirishda yangilik!
Ko'chmas mulkka huquqlarni rasmiylashtirishda endi bir marta murojaat qilsangiz, ko'chmas mulkingiz bilan bog‘liq barcha hujjatlar bir joyda hal qilinadi.
Ushbu xizmatlardan biri:
- Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish va shu manzilda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro'yxatga qo‘yish;
- Ko'chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish va manzilingizni vaqtinchalik yashash joyi sifatida rasmiylashtirish.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 795-sonli qaroriga asosan, Noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha kompozit davlat xizmati joriy qilindi.
Endilikda yuridik shaxslar o'rtasida noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish, bu bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni rasmiylashtirish va huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar kompozit tarzda ko'rsatiladi.
Kompozit xizmat qanday ishlaydi?
- Yuridik shaxslar o‘rtasida noturar ko‘chmas mulkni butunligicha o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar Davlat xizmatlari markazlari orqali tuziladi.
- Bir vaqtning o‘zida barcha jarayonlar amalga oshiriladi:
Tuzilgan shartnomalar avtomatik ravishda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yuboriladi.
Shaxsni tasdiqlash oson va qulay
Arizachilarni identifikatsiya qilish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etish talab qilinmaydi. Ushbu jarayon Face-ID tizimi orqali amalga oshiriladi.
To’rtko’l tumani adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi
bo’lim boshlig’i D.Tokimbetov