Янгиликлар
24
Odam savdosi-davr muommasi
Hammamizga ma`lum odam savdosi davr muommasiga aylanib, jamiyatda salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
Mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurash sohasida bir qator qonunchilik hujjatlari qabul qilingan.
Jumladan, 2020-yil 20-avgustdagi Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida (yangi tahriri) O`RQ-633-sonli Qonuni qabul qilingan.
Qonunning 4-moddasida Odam savdosiga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari belgilangan. Unga ko`ra Odam savdosiga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar javobgarligining muqarrarligi;
odam savdosidan jabrlanganlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
ijtimoiy sheriklik.
Qonunning 5-moddasida Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
odam savdosiga qarshi kurashishga, shu jumladan odam savdosiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
odam savdosining oldini olishga qaratilgan huquqiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, profilaktika chora-tadbirlarini, axborotga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
odam savdosini o‘z vaqtida aniqlash va unga chek qo‘yish, uning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar javobgarligining muqarrarligi prinsipini ta’minlash;
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ijtimoiy himoya qilish;
odam savdosiga qarshi kurashish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari, konferensiyalar, seminar-treninglar va davra suhbatlari o‘tkazishga doir faoliyatni, shuningdek ushbu sohadagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari xodimlarini kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatni rivojlantirish hamda rag‘batlantirish;
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik.
Qonunning 2-bobida odam savdosiga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlar belgilangan.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, odam savdosiga qarshi kurashish barchaning vazifasiga aylanishi va unga qarshi kurashish bugungi kunning ahamiyatli vazifasi bo`lib qolaberadi.
Vazirlikning Inson huquqlarini himoya qilish
sho`basi bosh maslahatshisi J.Bekimbetov