Янгиликлар
24
Ellikqal’a tumani adliya boʻlimining 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida
Ellikqal’a tumani adliya boʻlimi tomonidan 2024-yilning 12 oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Tuman adliya boʻlimiga hisobot davrida 525 ta xat va hujjatlar kelib tushgan, shundan 410 tasi ijro etilgan, fuqarolarning murojaatlari 866 tani tashkil etib, shundan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar soni 104 ta, mazkur murojaatlarning 529 tasi hal etilgan bo`lib, hal etilgan murojaatlarning 286 tasi qanoatlantirildi, qolgan 243 tasiga tushuntirish berildi, 23 tasi tegishlilik bo'yicha yuborildi.
Ellikqal’a tumani adliya boʻlimi tomonidan 41 tashkilotda 20 ta oʻrganish va 3 ta monitoringlar o’tkazilgan bo’lib, shundan, oʻrganish va monitoringlar davomida 1805 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi, shuning natijasida 104 ta huquqiy ta’sir choralari qoʻllanilib, shundan 57 tasi “Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida” taqdimnoma, 23 ta ma’muriy taklif, 14 tasi da’vo ariza va 26 ta ogohnomalarni tashkil qiladi.
Shuningdek, tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga umumiy summasi 104 000 000 soʻmlik 14 ta da’vo arizalar kiritilgan, shundan ish haqi va ustama to`lovlari undirish boʻyicha 4 ta da’vo arizalar, yuridik faktni belgilash bo`yicha 2 ta ariza kiritildi, sudning hal qiluv qaroriga asosan fuqaroga 96 mln. so`m miqdorida ustama haq undirib berildi shuningdek Nukus tumanlararo Ma’muriy sudiga 6 ta ariza kiritilib, shundan 6 tasi bo`yicha Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi Ellikqal’a tuman bo`limining javob berish bilan bog`liq bo`lgan 2 ta harakati va 4 ta qarori qonunga xilof dep topilib, 6 nafar fuqarolarning mehnat daftarchasida qayd etilgan ish yillarini mehnat stajiga qo`shib hisoblash va pensiya tayinlash bo`yicha majburiyat yuklatildi, sudgacha taqdimnoma asosida fuqarolarga 1 017 808 000 soʻm ish haqi, ustama va boshqa to`lov pullari undirib berilib, 229 nafar fuqarolarning va 206 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklab berildi. Fuqarolar murojaatlari hamda o’tkazilgan o’rganishlar asosida davlat organlari va tashkilotlariga kiritilgan taqdimnomalarga binoan 15 ta xodim intizomiy javobgarlikka, 23 ta mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, o'tkazilgan o'rganishlar va monitoringlar davomida aniqlangan qonunchilikka nomuvofiq bo'lgan 217 ta hujjat qonunchilikka muvofiqlashtirildi.
Davlat organlari va tashkilotlarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish boʻyicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan 5 ta taklif, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha 3 ta taklif ishlab chiqildi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborildi.
Hisobot davrida boʻlimga Xalq deputatlari tuman Kengashining 6 ta, tuman hokimining 3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan bo`lib, shundan 9 tasiga ijobiy xulosa berildi, 1 tasi belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarildi.
Huquqiy targʻibot boʻyicha 3109 ta tadbir, shundan ommaviy axborot vositalari orqali 119 ta, ijtimoiy tarmoqlarda 261 ta, og’zaki targ’ibot 2473 ta,
256 ta koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilgan qonunchilik hujjatlari soni 1012 tani tashkil etdi.
Adliya organlari va muassasalari faoliyatiga oid yangi 80-sonli Farmoni qabul qilindi va Farmon bilan adliya organlarining to`rtta faoliyat yo`nalishlari belgilandi hamda tuman (shahar) adliya bo`limlariga oltita qo`shimcha vazifalar yuklatildi.
Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi barcha ovul va mahalla fuqarolar yig`inlarida haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy targ’ibot kuni” loyihasini amalga oshirish bo`yicha reja grafik tasdiqlanib, unga asosan joriy yilning iyun oyida 40 ta mahallalardagi 1340 ta xonadonlarga uyma-uy yurish orqali ularning huquqiy muammolari o`rganildi.
O`rganish davomida aholidan uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, nogironlikni belgilash, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish, soliq, pensiya va boshqa masalalaridagi muammolari mavjudligi aniqlandi.
Ellikqal’a tuman adliya bo’limi
boshlig’i U.Atadjanov