Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi


Mo‘ynoq tumani adliya bo‘limiga, Mo‘ynoq tumani Bozatau ko‘chasi 15 uyda yashovchi fuqaro Berdibekova Nargiza Nazarbaevna “Mo‘ynoq tumani 1-sonli umumta’lim maktabining 4v-sinfida o‘qiydigan qizi ta’lim oladigan maktab ma’muriyati tomonidan DTM testi uchun 7000 (yetti ming) so‘mdan ota-onalardan majburiy yig‘im undiriligidan norozi bo‘lib murojaat qildi.
Mo‘ynoq tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganilganida Mo‘ynoq tumani 1-sonli umumta’lim maktabi tomonidan test konsalting xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzmasdan o‘quvchilarga test materiallari asosida konsalting xizmatini ko‘rsatib qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan.
Fuqaro Berdibekova Nargiza Nazarbaevnaning murojaatini o‘rganish natijasida 1-sonli umumta’lim maktabining 4v-sinfida ta’lim oluvchi o‘quvchilarning ota-onalaridan test materiallari asosida konsalting xizmati ko‘rsatilishi uchun har bir o‘quvchidan 7000 (yetti ming) so‘mdan pul yig‘ib olganligi va bundan tashqari maktab ma’muriyati tomonidan maktabdagi 636 nafar ta’lim oluvchi 3-11-sinf o‘quvchilaridan jami 3 934 000 (uch million to‘qqiz yuz o‘ttiz to‘rt ming) so‘m, nodavlat ta’lim muassasasi “OLIY MAKTAB AKADEMIYASI” bilan ta’lim muassasasining Kuzatuv kengashi raisi yoki ota-onalardan mas’ul xodimlari bilan test konsalting xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzmasdan pul yig‘ib olganligi aniqlandi.
Vaholanki O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 11 yanvarda 3118-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi” Nizomi talablari bo‘yicha ta’lim jarayonining shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik tasirini kuchaytirish, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktabda Kuzatuv kengashi tashkil etilmaganligi yoki o‘z faoliyatini to‘g‘ri olib bormaganligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida, har kim ta’lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi. Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta‘lim davlat nazoratidadir. Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi deb belgilangan.
Adliya bo‘limining aralashuvi bilan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritilib, 636 nafar o‘quvchilarning ota-onalaridan noqonuniy yig‘ib olingan 3 934 000 (uch million to‘qqiz yuz o‘ttiz to‘rt ming) so‘m ota-onalarga qaytarib berilishiga erishildi.

Mo‘ynoq tumani adliya bo‘lim
boshlig‘i   R.Annarazov