Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

“Adliya-QR” axborot tizimi: fuqarolar uchun yangi qulayliklar!


2025-yildan boshlab Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun “Adliya-QR” axborot tizimi joriy etildi. Ushbu tizim orqali fuqarolar:
- Face-ID orqali ariza ma’lumotlarini tasdiqlash;
- Arizaga tegishli to‘lovlarni amalga oshirish;
- Arizada kiritilgan ma’lumotlar bilan tanishish;
- Xizmat sifatini baholash;
- Ariza natijalarini yuklab olish;
- Zarur ma’lumotlarni markaz xodimi bilan almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
- Bu yangilik quyidagi qulayliklarni yaratadi:
- Fuqarolar vaqtini tejaydi;
- Navbatlar sezilarli darajada kamayadi;
- Xizmat sifati oshadi;
- Ortiqcha xarajatlar qisqaradi.
Shuningdek, 2024-yil 15-oktabrdagi Vazirlar Mahkamasining 679-son qaroriga asosan, endilikda quyidagi hujjatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki «Litsenziya» axborot tizimi orqali elektron tarzda olish mumkin:
- Fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikati – hujjatni qog‘ozsiz, onlayn qo‘lga kiriting.
- Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi – oson va tezkor.
- Texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikati – byurokratiyasiz onlayn ariza topshirish imkoniyati.
- Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosa – zamonaviy xizmatlar endi qo‘lingizda!

To’rtko’l tuman adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bo’lim
boshlig’i   D.Tojiyev