Янгиликлар
24
Ellikqal’a tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2024 yil davomida faoliyati to‘g‘risida ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 mart kungi 89-sonli «Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi 5278-sonli «Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, shuningdek, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining sifat jihatidan yangi darajaga o‘tishini ta’minlash maqsadida Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida ularning sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkoniyatini tubdan oshirish orqali «Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaro e’tibor markazida» (Citizen — centric service), «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ulug‘vor g‘oyani so‘zsiz amalga oshirish, tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarini ham yuridik ham jismoniy shaxslarga xizmatlar taqdim qiluvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zgartirildi.
2024 yil davomida markaz tomonidan murojaatchilar tomonidan jami bo‘lib 60011 ta davlat xizmatlari ko’rsatildi. Jumladan:
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish jami – 3477 ta, shundan:
- Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shart berish – 1082 ta;
- Maishiy iste’molchilarni 20 KVT gacha bo‘lgan elektr tarmoqlariga ulash - 966 ta;
- 1,2 MPA bosimdan yuqori bo‘lmagan gaz tarmoqlariga ulanishga texnik shart berish – 890 ta;
- 20 KVT dan yuqori bo‘lmagan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shart berish – 539 ta.
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtish bo‘yicha davlat xizmatlari ko’rsatish soni – 11924 ta, shundan:
- Turar joy obyektiga kadastr pasportini berish va unga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish – 6921 ta;
- Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish – 1727 ta;
- Noturar joy obyektiga kadastr pasportini berish va unga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish – 1404 ta;
- Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish – 1239 ta;
- Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash – 633 ta.
Tadbirkorlik bilan bog’liq bo’lgan davlat xizmatlari ko’rsatish soni – 4151 ta:
- Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (yuridik shaxs) – 246 ta;
- Tadbirkorlik subyektlarini qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (yuridik shaxs) – 497 ta;
- Yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish – 2190 ta;
- Yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlarini qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazish – 256 ta;
- Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash – 962 ta.
Ta’lim soxasiga oid davlat xizmatlari ko’rsatish soni – 3131 ta, shundan:
- Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish – 2626 ta;
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasi berish – 13 ta;
- Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish – 72 ta;
- Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish – 23 ta;
- Xorijiy davlatlarda oliy ta’lim va kadrlarni qayta tayyorlash ta’limi olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiyalash) – 31 ta;
- Yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish – 6 ta;
- Davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash – 235 ta;
- Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish – 92 ta;
- Bir million dasturchi loyihasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga va IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish – 33 ta.
Ijtimoiy soha bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish soni – 5235 ta, shundan:
- Kam ta’minlangan deb e’tirof etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma berish – 1192 ta;
-Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish – 316 ta;
- Nafaqa tayinlash (Nogironlik nafaqasini tayinlash) – 517 ta;
- Nafaqa tayinlash (Yoshga doir nafaqani tayinlash) – 560 ta;
- Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish – 4 ta;
- Pensiya va nafaqa miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish – 611 ta;
- Pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma berish – 2035 ta.
Boshqa turdagi davlat xizmatlari ko’rsatish soni – 32093 tani tashkil qiladi.
Tuman markazidan 35 km olisda joylashgan “Sarabiy” va 25 km olisda joylashgan “Qirqqizobod” ovul fuqarolar yig‘inlari hududida Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazining filiallari tashkil qilingan hamda ular tomonidan 2024 yil davomida 8457 ta davlat xizmatlai ko‘rsatildi.
Tumanimizning chekka hududlarida yashovchi (nogironligi bo‘lgan) aholiga sayyor tartibda ko‘rsatilgan tezkor xizmatlar soni 3436 ta, shundan sayyor tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari soni 644 tani tashkil etadi.
“Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5278-sonli Farmoniga asosan Ellikqal’a tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi qurilish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.
Yangi bino qurilishi uchun Farmon bilan 3 mlrd 700 million so’m mablag’ ajratilib, zamonaviy ko’rinishdagi imorat bo’y tikladi va xalqqa sifatli davlat xizmatlarini ko’rsatishga asos yaratildi.
Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi direktori N.Xadjiev