Янгиликлар
24
FHDYo bo`limlari tomonidan ajrim yoqasida turgan oilalar bilan uchrashuvlar, shu oilalarni saqlab qolish maqsadida amalga oshirilgan ishlar.
Oilaviy ajrimlar masalalar bugun va kechaning gapi emas. O`rta Osiyoda oila jamiyatning asosiy negizi, uning mustahkam poydevori hisoblanadi. Oilaning muqaddasligini, farovonligini ta`minlashda, birinchi navbatda, ayolning o`rni beqiyos.
Hozirgi kunda O`zbekistonda oilaviy ajrim dolzarb masalalardan biri bo`lib qolmoqda. Ajralishlarning sabablari o`rganilib, yoshi katta onaxonlar, mahalla faollari muammolarni hal etish yo`llarini izlashlari lozim. Chunki Islom dinida har bir buzilgan nikoh uchun arshi a`lo larzaga kelishi alohida ta`kidlab o`tilgan.
2024- yil hisobiga olib qaraydigan bo`lsak, ajrimlar soni deyarli kamaydi. Unga ko`ra, 2024-yil 6 oyida Respublika bo`yicha, 22467 ta oilaviy ajrim qayd etilib, 2023-yilning shu davriga nisbatan 11.6 foizga kamayishga erishildi.
Statistika qo`mitasi xabariga ko`ra, 2024-yilning o`tgan 9 oyida ajrashganlar eng katta ulushi 35 yoshgacha bo`lganlarga to`g`ri kelgan, ya`ni jami nikohdandan ajralishlarning 64,3 foizini tashkil etadi.
Oila ota-ona va farzanddan iborat uchta tirgakka quriladi. Oilaning baxt-saodati ham, uning kamoli va farovonligi ham, tinchligi va osayishtaligi ham ana shu uchta ustunning bir-biriga munosabatiga, ahilligiga, yaxshi tarbiyasiga bog`liq. Bular bo`lmas ekan, oila tanazzulga yuz tutaveradi. Bu inqiroz esa, o`z navbatida, jamiyatni larzaga keltiraveradi. Er-xotin, qaynona-kelin o`rtasidagi ziddiyatlar va tushunmovchiliklar, og`ir iqtisodiy sharoit va hayotga yengiltaklik bilan yondashish kabi illatlar oila buzilishiga sabab bo`ladi. Bundan tashqari ishsizlik, moddiy qiyinchilik, ruhiy tushkunlikka tushish, uy-joy muammosi, o`zlari va farzandlarining turli oqimlarga kirib qolishi oilaviy ajrimning sabablaridan biridir.
Arzimagan vajlar tufayli oilani barbod qilish, albatta, bolalar tarbiyasiga salbiy ta`sir etadi. “Bolaning uvoli tutadi” degan gaplar ham o`z – o`zidan paydo bo`lmagan, albatta. Afsuski, uvol - savobni bilmaydigan, norasidalarning yetim qolishini o`ylamaydigan ota – onalar ham oramizda yo`q emas. Har birimiz o`z ishimizga mas`ul bo`lib, oilviy ajrim yoqasidagi oilalarni barvaqt aniqlasak va ularga, ularning farzandlariga manzilli yordamni o`z vaqtida ko`rsata olsak, ko`plab oilaviy ajrimlarning oldini olgan bo`lamiz.
Beruniy tumani adliya bo`limi FHDYo
bo`limi 2 darajali inspektori B.Kojagulov