Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

2024-yil davomida FHDYo bo`limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar


FHDYo organlarining asosiy vazifalaridan biri jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo`yicha davlat xizmatlarini ko`rsatishdir.
FHDYo organlari quyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etadi. Tug`ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, o`lim. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanad, ikki nusxada tuziladi va FHDYo organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.
2024-yil davomida Beruniy tumani FHDYo bo`limida bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo`lib, 5091 ta bolaga tug`ilganlik haqidagi guvohnoma berildi. Shu bilan bir qatorda nikohlanuvchilarimizning arizalar soni 1787 ta ni tashkil qildi. Bular orasidan qonuniy nikohi qayd qilingan yosh-kelin kuyovlarimizning soni 1607 tani tashkil qildi. Bundan tashqari yoshlarni hayotga va oilaga tayyorlash uchun Oila va xotin-qizlar bo`limi bilan birgalikda yosh juftliklarimizni oilaga tayyorlash bo`yicha semenar bilan ham o`qitilib ularning soni 2024-yil davomida 306 tani tashkil qildi.
Inson hayoti davomida bir qancha bosqichlarni bosib o`tib, umr payoni tugab, bu dunyoni tark etadi. Beruniy tumani FHDYo bo`limida o`limni qayd qilish soni 963 tani tashkil qildi.
Hukumatimiz tomonidan ajrim yoqasidagi oilalar sonini kamaytirish uchun ko`plab ishlar olib borilmoqda, bu ishlar o`z natijasini ham berib kelmoqda, lekin bunga qaramay, Beruniy tumani FHDYo bo`limida ajralgan juftliklar soni 155 tani tashkil qildi.
Beruniy tumani FHDYo bo`limida bundan tashqari, bir qancha ishlar ham olib borilgan. Fuqarolarning F.I.O o`zgartirshlar soni 2024- yilda 44 tani tashkil qildi. Sud qarori bilan farzandlikka olishlar soni 29 tani tashkil qildi. Beruniy tumani FHDYo bo`limi bundan tashqari yil davomida bir qancha radio, TV va gazeta orqali targ`ibot ishlarini ham olib bormoqda.


Beruniy tumani adliya bo`limi
FHDYo bo`limi mudirasi   D.Nuriyeva