Янгиликлар
24
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
2024-yilda tuman adliya bo‘limi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha, o‘z vakolatimiz doirasida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 583-ta murojaat ko‘rib chiqilib, 273-ta murojaat bo‘yicha fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi, 252 ta murojaat egalariga huquqlarini tushuntirish orqali hal qilindi, 18 ta murojaat vakolati doirasida hal qilish uchun tegishli tashkilotlarga yuborildi va mazkur davrda 40-ta murojaat jarayonda bo‘lgan.
Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini ta’minlash bo‘yicha, Adliya vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 17 ta o‘rganish va 9 ta monitoring tadbirlari o‘tkazilib, 6000 dan ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 6 takliflar berildi.
Davlat organlari va tashkilotlariga nisbatan aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha 44-ta taqdimnoma kiritildi.
Taqdimnoma ijrosi yuzasidan, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan 23 nafar aybdor ma’sul xodimlar intizomiy javobgarlikka tortildi va fuqarolar foydasiga 1 435 569,8 so‘m miqdorda undirilishi ta’minlandi.
Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qonunchilikka zid ravishda qabul qilingan 95-ta hujjatlar bekor qilinib, qonun talablariga muvofiqlashtirildi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygan 34 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Sudlarga fuqarolarning manfaatini ko‘zlab 18 ta da’vo arizalari kiritilib, qanoatlantirildi va fuqarolar foydasiga 159 334,1 so‘m undirilishi ta’minlandi.
Huquqiy ekspertiza sohasida, “E-qaror” tizimi orqali tuman hokimi va xalq deputatlari Kengashining 13 ta normativ-huquqiy tusdagi qarorlari loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Huquqiy targ‘ibot sohasida, 2826 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi, 1017 ta yangidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar davlat organlariga tizim orqali yetkazilishi ta’minlandi.
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 2024-yilda jami 77 927 ta yuridik tusga ega hujjat loyihalari “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
O‘tkazilgan huquqiy ekspertiza natijasiga ko‘ra, 76 975 ta hujjat loyihalari qonunchilikka muvofiq bo‘lgani uchun ijobiy xulosalar berildi, 58 ta hujjat loyihalari qonunchilikka nomuvofiq bo‘lganligi uchun salbiy xulosa berildi, 894 ta hujjat loyihasi kamchiliklari bartaraf qilinishi uchun tashkilotga qaytarilgan.
Shuningdek, xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlar manfaatini ko’zlab jami 10 582 075 so'mlik 8 ta talabnoma hamda 4 772 312 so’mlik 8 ta sudga da’vo arizalari kiritilib huquqiy yordam ko‘rsatilgan.
Davlat xizmatlari markazi tomonidan 95 210 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shundan, onlayn tarzda (my.gov.uz) 16 396 tani tashkil etadi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan fuqarolarga 4024 ta tug‘ilish, 1165 ta o‘lim, 1680 ta nikoh va 225 ta nikohdan ajralganlik, 329 ta otalikni belgilash, 30 ta farzandlikka olish harakati, 115 ta dalolatnomaga o‘zgartirish kiritish va MINSK konvensiyasi bo‘yicha 98 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Bugungi kunda Prezidentimizning 2024 yil 24-may kungi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalarda har haftaning chorshanba kuni “Huquqiy targ‘ibot kuni”, “Adliya kuni”, “Huquqiy mahalla loyihasi” doirasida mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholining huquqiy muammolarini o‘rganish va hal qilish choralari ko‘rilmoqda.
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi boshlig'i,
3-darajali adliya maslahatchisi M.Nuraddinov