Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

To`rtko`l tumani FHDY bo`limi 2024 yil davomida amalga oshirgan ishlar yuzasidan


1.Tug`ilishni qayd etish yuzasidan.
2024 yil davomida tuman FHDY bo`limi tomonidan 4020 ta tug`ilish qayd etilgan bo`lib, shundan 2125 ta o`g`il bolalar, 1895 tasi qiz bolalarni tashkil qiladi.
Shuningdek, tug`ilishni muddatni o`tkazib qayd etish holatlari 13 ta, topib olingan (tashlab ketilgan) bolalar tug`ilishini qayd qilish 0 ta, o`lik tug`ilgan 45 ta, perinatal o`lim holatlari 13 ta, yolg`iz onadan tug`ilganlar 140 tani tashkil qiladi.
2.Nikohni qayd etish yuzasidan.
Tuman FHDY bo`limi tomonidan 2024 yil mobaynida jami 1680 ta nikoh qayd etilgan bo`lib, shundan 9 tasi MDH davlatlari fuqarolari bilan, 3 tasi fuqaroligi yo`q shaxslar bilan, 91 ta sayyor ravishda nikohlarni tantanali qayd etilgan.
3.Nikohdan ajralganlikni qayd etish yuzasidan.
Tuman FHDY bo`limi tomonidan 224 ta nikohdan ajralganlik qayd etilgan bo`lib, shundan voyaga yetmagan farzandlari bo`lmagan er-xotinlarni ularning o`zaro roziligiga ko`ra FHDY organida 52 ta, er-xotin birinchi nikohda bo`lsa sud qaroriga asosan 169 ta, sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo`lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs bilan ajralish qayd qilinmagan hamda 72 ta qo`shimcha asosda nikohdan ajralishni qayd etish amalga oshirilgan.
4.O`limni qayd etish yuzasidan
2024 yil davomida 1165 ta o`lim qayd etilgan bo`lib, bir yoshgacha o`lganlar 66 ta, muddatini o`tkazib o`limi qayd etilganlar 135 ta, sud qarori bilan 11 ta holatda o`limi qayd etilgan.
Shuningdek 329 ta otalikni belgilash qayd etilgan bo`lib, shundan sud qarori asosida 19 ta, farzandlikka olish 39 ta dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari fuqarolarning 16 yoshdan 18 yoshgacha FIO o`zgartirishlar soni 4 ta, 18 yoshdan oshgan FIO o`zgartirishlar soni 35 tani tashkil etadi.
Dalolatnoma yozuviga o`zgartirish kiritish ariza asosida 144 ta, sud qarori asosida 1 tadan iborat.
5.Undirilgan to`lovlar yuzasidan.
Tuman FHDY bo`limi tomonidan 2024 yil davomida 314 996 500 so`m davlat boji, 385 882 200 so`m gerb yig`imi va 128 042 000 so`m pullik xizmat undirilgan.


To`rtko`l tumani adliya bo`limi
FHDY bo`limi 2-toifali inspektori  A.Nurullayeva