Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Ota-onalarning bolalarga oid huquq va majburiyatlari


Taʼkidlab oʼtish joizki, Konstitutsiyaning 77-moddasiga asosan ota-onalar va ularning oʼrnini bosuvchi shaxslar oʼz farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, taʼlim olishi, sogʼlom, toʼlaqonli va har tomonlama kamol topishi xususida gʼamxoʼrlik qilishga majburdirlar.
Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum boʼlgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning taʼlim olishini, sogʼlom, toʼlaqonli va har tomonlama kamol topishini taʼminlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini ragʼbatlantiradi.
Ota va ona oʼz bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar.
Shaxs quyidagi hollarda toʼla muomalaga layoqatli deb topiladi:voyaga yetganda (18 yoshga toʼlganda); voyaga yetmagan shaxsni toʼla muomalaga layoqatli deb topish (emansipatsiya) va voyaga yetmagan shaxs qonuniy nikoh munosabatlariga kirishganda.
Aytish kerakki, ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning majburiyatlari boʼyicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar boʼyicha javobgar boʼlmaydilar. Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik jarima solishga sabab boʼladi. Ota-ona oʼz bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi, oʼz bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular oʼz bolalarining sogʼligʼi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida gʼamxoʼrlik qilishlari shart.
Ota-ona oʼz bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega.
Ota-ona bolalarining qonun hujjatlarida belgilangan zarur darajada taʼlim olishini taʼminlashi shart. Ota-onalar yoki ularning oʼrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik jarimaga sabab boʼladi.
Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota-onasi zimmasiga yuklatiladi. Ota-ona oʼz bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar hamda har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan boʼlgan munosabatlarda, sudda alohida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar.
Vasiylik va homiylik organi tomonidan ota-ona va bolalar manfaatlari oʼrtasida qarama-qarshilik borligi aniqlanganda, ota-ona oʼz bolalarining manfaatlarini himoya qilishga haqli emas.
Ota-ona va bolalar oʼrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʼlganda vasiylik va homiylik organi bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlashi shart.
Ota-ona bolani qonunga asoslanmasdan ushlab turgan har qanday shaxsdan uning qaytarilishini talab qilishga haqli. Nizo chiqqan taqdirda, ota-ona oʼz huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishga haqli. Bu talablarni koʼrishda sud bolani ota-onasiga qaytarish uning manfaatlariga zid degan xulosaga kelsa, bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onaning daʼvosini rad qilishga haqli.
Аgar sud ota-ona ham, bolani oʼz qaramogʼiga olgan shaxs ham bolaga lozim darajada tarbiya berishni hamda uni kamolotga yetkazishni taʼminlay olmaydilar, deb topsa, bolani vasiylik va homiylik organi qaramogʼiga olib beradi.
Xulosa oʼrnida aytganda, ota-onalar oʼz bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir, bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik jarima solishga sabab boʼladi.


Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti    N.Radjapova