Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Ozodlikdan mahrum etish joylaridagi shaxslar bilan nikohni qayd etish.


Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan shaxslar bilan nikohni qayd etish shu muassasa joylashgan hududdagi FHDY organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mahkum bilan nikohga kirishni xohlovchi shaxs nikohga kirish haqidagi maxsus blankdagi arizaning o‘ziga taalluqli qismini to‘ldirib, doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDY organiga topshiradi. FHDY organi arizada keltirilgan ma’lumotlarni ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan solishtiradi, arizada qayd etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini va arizachining imzosini tasdiqlaydi va unga arizani qaytaradi. Shundan so‘ng mahkum bilan nikohga kirishni xohlovchi shaxs bu arizani mahkumga berishi uchun jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatiga topshiradi.
Mahkum bilan nikohga kirish haqidagi arizani olgandan keyin jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati uni tegishli joyini to‘ldirish uchun mahkumga taqdim etadi. Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati to‘ldirilgan arizadagi ma’lumotlarni mahkumning shaxsiy yig‘majildidagi ma’lumotlar (mahkumning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan taqdirda ham) bilan solishtiradi, ularning haqiqiyligini va imzosini tasdiqlaydi hamda arizani jazoni ijro etish muassasasi joylashgan mazkur hududdagi FHDY organiga yuboradi.
Bunda ariza FHDY organi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shu kunning o‘zida nikohga kiruvchi mahkumning tibbiy tekshiruvdan o‘tishi uchun yo‘llanma va nikohni qayd etish vaqtini belgilash to‘g‘risidagi xabarnoma jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatiga yuboriladi.
Agar mahkumning shaxsiy yig‘majildida uning oilaviy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa, kam yoki noaniq bo‘lsa, u holda jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati bu ma’lumotlarni tegishli tashkilotlar va muassasalar orqali ularni talab qilib olish yoki aniqlash choralarini ko‘radi.
Jazoni o‘tash muassasalari ma’muriyati mahkumni nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan belgilangan tartibda o‘tkazadi.
Mahkum bilan nikohni qayd etish FHDY organi bilan kelishilgan holda jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati tomonidan ajratilgan binoda nikohga kiruvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi.

Qo`ng`irot tumani adliya bo`limi
FHDYo bo`limi mudiri   J.Musayeva