Янгиликлар
23
Kreditga olingan uyni sotish mumkinmi?
Kreditga uy-joy olinishi qonunchilikda, turar-joy sotib olish uchun ipoteka krediti olish hisoblanadi. Kredit hisobiga sotib olingan turar-joy (to‘liq shaklda bitmagan, karobka) ham bank kreditining ta’minoti bo‘yicha garovga olinadi. Yaʼni, oʻrtada tuzilgan garov shartnomasiga asosan to kredit qarzdorligi toʻlanmaguncha oʻsha olgan uyingizga banklar tomonidan sotish uchun taqiq qoʻyilgan boʻladi.
“Ipoteka toʻgʻrisida”gi qonunning 26-moddasida, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk, agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan sotish, hadya etish, ayirboshlash orqali yoki oʻzgacha usulda faqat ipotekaga oluvchining roziligi bilan tasarrufdan chiqarilishi mumkingi koʻrsatilgan. Yaʼni, agar bank Sizga mabodo oʻsha uyni sotishingiz uchun yozma ravishda rasman rozilik bersa, shunda uyni sotishingiz mumkin boʻladi.
Fuqarolik kodeksining 322-moddasi ushbu munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolik kodeksiga binoan majburiyatni-qarzni uchinchi shaxsga o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lib, bunday holatda sizga qarzni o‘tkazayotgan bank bunday amaliyotni bajarishga rozi bo‘lishi kerak va sizni potensial qarzdor sifatida to‘liq o‘rganishga haqli. Kredit qoldig‘i boshqa shaxsga sotilayotganda yangi qarzdor kredit bo‘yicha barcha to‘lovlarni, jumladan muddati o‘tgan qarzdorliklar va penyalarni to‘lash majburiyatini oladi. Kredit ta'minotiga turgan uy o‘z-o‘zidan taqiqdan chiqarilmagan holda uyning egalik huquqi yangi qarzdorga o‘tadi.
Bo‘zatov tumani davlat notarial
idorasi notarius yordamchisi N.Jumaniyazova