Янгиликлар
23
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 5-son Qarori bilan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM qabul qilingan.
Nizomga asosan nodavlat notijorat tashkilotlarini ixtiyoriy va majburiy tugatish turlari mavjud. NNTni ixtiyoriy tugatish uning yuqori organi qaroriga binoan, majburiy tugatish esa — sud qarori asosida amalga oshiriladi. NNTni tugatish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
NNTni tugatish to‘g‘risidagi yozuvni davlat reestriga kiritish to‘g‘risidagi ariza;
- bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda chiqqan NNTning tugatilganligi to‘g‘risidagi e’lon;
- NNTning ustavi (nizomi) va nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxalari;
- belgilangan tartibda tasdiqlangan tugatish balansi;
- NNTning barcha hisobvaraqlari yopilganligi to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi banklarning ma’lumotnomalari;
- agar NNTning alohida bo‘linmalari mavjud bo‘lsa, ularning tegishli reestrlardan chiqarilganligi haqida adliya organlarining xabarnomalari;
- kreditorlarning talablari to‘liq qondirilgandan keyin ortib qolgan mol-mulkning tasarruf etilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar;
- muhr va shtamplar yo‘q qilinganligi haqida tugatish komissiyasining dalolatnomasi;
- agar mavjud bo‘lsa, barcha litsenziyalar va ruxsatnomalarning, shuningdek NNT ramzi davlat ro‘yxatiga olinganligi haqidagi guvohnomaning asl nusxalari;
- davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasi;
- tugatilayotgan NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati mavjud emasligi haqida Byuro hududiy boshqarmasining yozma javobi;
- NNT hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
Vazirlikning Nodavlat notijorat tashkilotlari
sektori boshlig`i A.Otarbayev