Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Notarial palataning vazifalari


Notarial palataning vazifalari

O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi “O‘zbekiston Notarial palatasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 54-son qarori qabul qilingan.
Notarial palata xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi barcha notariuslarning a’zoligiga asoslangan notijorat tashkilotdir.
Davlat notarial idorasi notariusi ixtiyoriylik asosida Notarial palataning a’zosi bo‘lishi mumkin.
Notarial palata notariuslarning qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Notarial palata Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda notariatning yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimini tashkil etadi.
Notarial palataning vazifalari va vakolatlariga o‘xshash vazifalar va vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Notariuslar Notarial palataning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, notariuslarning majburiyatlari bo‘yicha esa Notarial palata javob bermaydi, bundan notarius tomonidan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar mustasno.
Notarial palataning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar uchun majburiydir.
Notarial palata faoliyatini moliyalashtirish Notarial palata konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va a’zolik badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 225-moddasiga ko‘ra, Notarial palataning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, shuningdek qonunchilikning bir xil tarzda qo‘llanilishiga doir takliflar ishlab chiqish;
nizolarning oldini oluvchi institut sifatida notariatning rolini mustahkamlash, notariuslik kasbi nufuzini oshirish, shuningdek xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning kasbiy tayyorgarligi va malakasi oshirilishini hamda ularning fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtalanishini tashkil etish;
yagona notarial amaliyotni ta’minlash choralarini ko‘rish, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash va o‘rganish, ijobiy ish tajribasini yoyish hamda ularga uslubiy yordam ko‘rsatish;
notarial harakatlar bo‘yicha tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish;
aholining huquqiy bilimlarini va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish;
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda, sudda va boshqa holatlarda ifodalash hamda himoya qilish;
notariat to‘g‘risidagi qonunchilikka, Notariusning kasb etikasi qoidalari va kasbiy majburiyatlarga xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, xizmat tekshiruvlari o‘tkazish, shuningdek notariuslarning kasbiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish haqida malaka komissiyalariga takliflar kiritish;
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan notarial faoliyat masalalari bo‘yicha hamkorlik qilishdan iboratdir.
Notarial palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotiga ko‘ra, 2024-yil davomida hududiy boshqarma tomonidan Nizomga muvofiq yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- 2024-yil davomida jami 65 ta nafar notarius faoliyat yuritib kelmokda. Shu bilan birga 53 nafar notarius yordamchisi, 54 nafar notarius kotibi va 3 nafar arxivarius faoliyat yuritgan;
- qonun hujjatlari va huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirish hamda qonun hujjatlarining bir xilda qo'llanilishini ta'minlash bo'yicha 16 ta takliflar ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun Notarial palataga yuborilgan;
- xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarning kasbiy tayyorgarligi bo'yicha 15 nafar notarius o'z malakasini oshirdi va 3 ta notarius mediatsiya kursni tamomlagan;
- hududdagi barcha notariuslarning fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtalanishi ta'minlandi;
- aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirish bo'yicha jami 415 ta huquqiy targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi. Xususan, 14 ta televidenie, 20 ta radio, 21 ta gazeta va jurnallar hamda 360 ta telegramm hamda Facebook orqali huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazildi;
- 2024-yil davomida 1 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib va Kasb etikasi komissiyasida ko'rib chiqilgan. Kasb etikasi komissiyasi yig'ilishi natijasi bo'yicha notariusga ogohlantirish berilgan;
- Notarial palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi xudduiy boshqarmasi hamda Qoraqalpoq davlat universiteti professor va talabalari bilan
2024-yil 16-sentabr kunida uchrashuv o‘tkazildi hamda joriy yilning 1-oktabr kuniga kadar “Bo‘lajak notariuslar klubi”ga Qoraqalpoq davlat universiteti yuridika fakultetining 18 ta talabalari jalb etildi va ular notarial idoralarida amaliyot o‘tkazish uchun ro'yxati shakilantirildi;
“Yuksalish” umummilliy harakti bilan hamkorliqda “Notariuslardan huquqiy bilimlar” aksiyasi hududiy boshqarma xodimlari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan birgaliqda joriy yilning 27 va 28 mart kunlari hamda “Yuksalish” umummilliy harakti bilan hamkorliqda “Notariuslardan huquqiy bilimlar” aksiyasi joriy yilning 20 va 21 avgust kunlari hududimizda o'tkazildi.
Shuningdek, “Keksalar haftaligi” davomida “Mening ustozim” shiori ostida 2024-yilning 1-5 oktabr kunlari oralig‘ida xududiy boshqarma xodimlari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan birgaliqda aksiyasi o‘tkazildi.
Shunday qilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va Notarial palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan birgalikda qator tadbirlar 2024-yil davomida tashkil etilgan va ushbu hamkorlik doimiy ravishda amalga oshirilib borilishi belgilangan.


Shaxsanem Salieva,
Qoraqalpog‘ iston Respublikasi
Adliya vazirligining sho’ba bosh maslahatchisi