Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Yuridik xizmat koʼrsatish markazining faoliyati toʼgʼrisida


Barchamizga maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʼrisida”gi PQ-5168-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida joylarda , yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyat olib bormoqda.
Ushbu Qaror bilan, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining ustuvor vazifalaridan bir qancha ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Jumladan Beruniy tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan shu kunga qadar 14 1877 hujjatlar koʼrib chiqildi.
Bunda, 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan taʼminlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining tuman bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini taʼminlashi belgilangan.
Shu munosabat bilan Beruniy tumani umumiy oʼrta taʼlim maktablari va maktabgacha taʼlimi tashkilotlari xodimlariga "E-huqushunos" tizimi bo‘yicha olib boriladigan ishlar yuzasida tushuntirish ishlari olib borildi va yaxshi natijalarini berib kelmoqda.
Bundan tashqari , Beruniy tumani adliya boʼlimi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan budjet tashkilotlari xodimlari oʼrtasida bir qancha huquqiy targʼibot tadbiri o‘tkazib kelinmoqda.
Tadbir va seminarlarda mehnat huquqiga oid tushuntirishlar, xodimlarga mehnat taʼtilini berish va rasmiylashtirish tartibi, mehnat shartnomasini tuzish, mehnat shartnomasini bekor qilish, ijro hujjatlari buyruq loyihalarini shakllantirish toʼgʼrisida taqdimotlar tashkillashtirib oʼquv seminari oʼtkazilib kelinmoqda.

Beruniy tuman adliya bo'limi
Yuridik xizmat ko'rsatish markazi
boshlig'i: I-darajali yurist   M.Kamalova