Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash toʼgʼrisida


Nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash toʼgʼrisida

         Аytish kerakki, oʻtgan davrda mobaynida yurtimizda keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini yaxshilash borasida bir qator kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu asnoda, sohaga oid 10 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi, shuningdek nuroniylarning ijtimoiy faolliklarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Faxriy murabbiy” ordeni va “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni taʼsis etildi.
         Shu bilan bir qatorda, keksa nuroniylar uchun 152 ta tuman va shaharda “Nuroniylar maskani” majmualari tashkil etildi, barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni toʻliq miqdorda toʻlash yoʻlga qoʻyildi, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda nuroniylar jamoatchilik kengashlari, mahallalarda “Keksalar maslahati” guruhlari tashkil etildi, “Keksalar haftaligi” va “Keksalar uchun turizm oyligi”ni oʻtkazish anʼanaga aylandi.
         Bundan tashqari, mamlakatimizda keksalarni har tomonlama
qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish maqsadidabir qator kompleks chora-tadbirlar belgilangan:
Jumladan, mahallalarda “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskorlik koʻrsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash;
-vazirlik va idoralar, xoʼjalik birlashmalari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, korxona va tashkilotlardagi “Faxriylar kengashlari”, fuqarolar yigʻinlaridagi “Keksalar maslahati” guruhlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
-mehnat faxriylarining mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishdagi ishtirokini kengaytirish;
-“Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan keksalar va nuroniylar holidan doimiy xabar olish tizimini tashkil qilish hamda ijtimoiy himoya dasturlari doirasida davlat xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash;
-keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Nuroniylar maskani” majmualarida va mahallalarda turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish;
-fuqarolar yigʻinlari raislarining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchilari va mahallalardagi boshqa jamoatchilik tuzilmalarining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash.
Shu bilan birga, mahallalarda aholiga koʼrsatiladigan tibbiy xizmatlar, maktablarda oʻquvchilarning darslarni oʻzlashtirishi, davomati, bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan fuqarolarni ish bilan taʼminlash darajasi va boshqa davlat xizmatlarining koʻrsatilishi boʻyicha nuroniylarning jamoatchilik nazorati ham oʻrnatildi.
Muhim jihatlardan yana biri, 2022-yil 1-apreldan boshlab quyidagi tartiblar joriy etildi:
Unga koʻra, yurtimizda jamgʻarma mablagʻlari hisobidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sogʻlomlashtirish;
-jamgʻarma mablagʻlari hisobidan sharoiti ogʻir va kam taʼminlangan keksalarga shifokorlarning retseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplash;
-jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ogʻir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi boʻlgan keksalarga shifokorlarning retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha boʻlgan summasi kompensatsiya qilish;
-jamgʻarma mablagʻlari hisobidan keksalarning jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishidagi muassasalarda (stadion, sport zallari, basseyn va boshqa sport majmualari) jismoniy tarbiya va sport bilan shugʼullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplash.
-jamgʻarma tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar doirasida dori vositalari,
protez-ortopediya moslamalari va kreslo-aravachalarni uyga yetkazib berish;
-shifokorlar retseptlariga asosan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga ularning mablagʻlari hisobiga dori vositalarini olib kelish hamda oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning shifokori koʻrigidan soʻng tibbiy koʻrik maʼlumotlarini yetkazish;
-kutubxonalarga aʼzo boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kitoblar, jurnallar, gazetalar va boshqa nashrlarni yetkazish.
        Xulosa oʻrnida aytganimizda, yurtimizda keksalar va nuroniylarni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashni kuchaytirilishi, shuningdek ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, tom maʼnoda yurtimizda nuroniylarga boʻlgan eʼtiborning davlat siyosati darajasida e1tibor berilayatganligidan yaqqol darak beradi.


Toʻrtkoʻl tuman adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti
I.Qurbanbaev.