Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Ota onalarning bolalarga oid huquq va majburiyatlari


                      Ota onalarning bolalarga oid huquq va majburiyatlari

       Ota-ona boʻlish – bu nafaqat quvonch va baxt, balki ulkan masʼuliyat hamdir. Bola tarbiyasi jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri boʻlib, uning kelajagi
ota-onalarning munosabatiga bogʻliq. Ota-onalarning farzandlar oldidagi huquq va majburiyatlari qonun bilan belgilangan va ularning bajarilishi bolaning sogʻlom va barkamol rivojlanishi uchun muhimdir.
       Taʼkidlab oʻtish joyizki, Konstitutsiyaning 77-moddaiga asosan ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻz farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, taʼlim olishi, sogʻlom, toʼlaqonli va har tomonlama kamol topishi xususida gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar. Ota va ona oʻz bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar. Ular oʻz bolalarining sogʻligʻi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida gʻamxoʻrlik qilishlari shart.
       Ota-ona bolalarining qonun hujjatlarida belgilangan zarur darajada taʼlim olishini taʼminlashi, bolaning hayotini va sogʻligʻini saqlashga, bolaning huquq va manfaatlarini har qanday shaxs va tashkilotlardan himoya qilishga majbur.
       Ota-onalarning huquq va majburiyatlari bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. Huquqlarning amalga oshirilishi majburiyatlarning bajarilishini taqozo etadi. Bolaning barkamol shaxs boʻlib voyaga yetishi uchun ota-onalar oʻz huquq va majburiyatlarini toʻliq anglab yetishlari va ularga rioya qilishlari lozim. Zero, bolalar—kelajagimiz poydevori. Ularning baxtli va sogʻlom boʻlib ulgʻayishi jamiyatimizning farovonligi garovidir.



Toʻrtkoʻl tuman adliya boʻlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti      N.Radjapova.