Янгиликлар
15
Yuridik xizmat soha faoliyati samaradorligi
Yuridik xizmat soha faoliyati samaradorligi
Taʼkidlab oʼtish joyizki, mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa o‘rta va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan taʼminlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 29-iyun kuni “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning 4-Ilovasi bilan “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizomga asosan, 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Аdliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etildi.
Mazkur Nizomning 5-bandiga ko‘ra, Markazlar tomonidan davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi belgilandi.
Yuqoridagi Nizomning 2-bobi, 13-bandiga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining quyidagi asosiy vazifalari ham belgilandi.
Unga ko‘ra:
yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash;
yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;
yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini taʼminlash;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korruptsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish.
Ushbu qarorga asosan, 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab Markaz tomonidan tumandagi 18ta yuridik jihatdan taʼminlanmagan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik tusga esha hujjatlarni puxta va sifatli qilib tayyorlash va ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish maqsadida sifatli yuridik xizmat ko‘rsatila boshlandi.
Shu asnoda, Аdliya vazirligi tizimida yuridik xizmat koʼrsatish markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatdi.
Muhim jihatlardan biri,, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlari «E-huquqshunos» elektron tizimi yaratildi, ish yurituvi to‘liq raqamlashtirilib, qog‘ozbozlikka barham berildi.
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-mart kuni Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-173-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorning 2-bandiga ko‘ra, 2022-yil 1-avgustdan boshlab
bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan qo‘shimcha ravishda tumanlardagi 10 ta davlat organlari va tashkilotlariga qo‘shimcha yuridik xizmat ko‘rsatila boshlandi.
Аyni kunda, To‘rtko‘l tuman adliya Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tumandagi 120 dan ziyod davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan ichki idoraviy boshqaruvga oid yuridik tusga ega hujjatlarning puxta va sifatli bo‘lishini taʼminlash,shuningdek nizolar yuzasidan sudlar ularning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida yuridik xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
O‘tgan 2024-yil 4-chorak hisobot davomida Markaz tomonidan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan 34 654ta ichki idoraviy boshqaruvga oid ta yuridik tusga ega hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Shundan, 34 465 tasiga ijobiy xulosa, 168 tasi qonunchilik talablariga nomuvofiq bo‘lgani sababli rad etilib ishlab chiqaruvchiga qaytarildi, shuningdek 21 tasiga qonunchilikka nomuvofiq bo‘lgani uchun salbiy xulosalar berildi va muqarrar qonunbuzilish holatlari oldi olindi.
Hisobot davrida yuridik xiizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar manfaatlarini ko‘zlab shartnomaviy munosabatlar yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan 4 ta talabnomalar kiritildi va iqtisodiy sudga tashkilotlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan 1 ta daʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.
Bundan tashqari, yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha 167 ta
“E-huquqshunos” elektron tizim orqali huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi, shundan 37 tasi ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirildi.
Xulosa o‘rnida aytganda, To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tumandagi davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan yuridik tusga ega hujjatlarning puxta va sifatli bo‘lishini taʼminlash boravarida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida shartnomaviy munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolar yuzasidan sudlarda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish bo‘yicha malakali yuridik xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda
To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi,
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i Bekpulat Аvazmetov