Янгиликлар
27
Diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olishdagi muhim vazifalar
Ekstremizm va terrorizm alohida mamlakatlarning milliy xavfsizligi va umuman jahon hamjamiyatiga jiddiy tahdid uyg'otayotgan muhim omilga aylandi.
Ekstremizm bag'rikenglik, rang-baranglik va hamfikrlilikni rad etishi bilan mamlakat taraqqiyoti va fuqarolararo hamjihatlikka raxna soladi. Aqidaparastlar nafaqat ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy sohalariga zarar yetkazadilar, balki jamiyatga ommaviy tarzda psixologik bosim o'tkazib, eng mudhish shakllardagi zo'ravonlik va agressivlik mafkurasini yoyadilar.
Shu nuqtai-nazardan, jamiyatda diniy asosda nizolar chiqishiga yo'l qo'ymaslik, dinni siyosiylashtirish va soxtalashtirish orqali mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan har qanday harakatning oldini olish davlat va jamiyatning oldida turgan hayotiy muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Davlatimiz tomonidan ekstremizm va terrorizmning oldini olish va chek qo'yish hamda ularni moliyalashtirish manba va kanallariga barham berishga qaratilgan yanada samarali chora-tadbirlarni belgilash, bu borada milliy va xalqaro darajada sa'y-harakatlarni birlashtirish davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan hisoblanadi.
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan, qirg'in solishga yoki fuqarolarni zo'rlik bilan ko'chirib yuborishga da'vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek, diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlashda O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko'ra jinoiy javobgarlik belgilangan.
Taxiatosh tumani adliya
bo‘limi Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshlig’i O.Babanov