Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasi


Korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib keladi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaradi, jamiyat va davlat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi.
2017-yil 3-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”O‘RQ-419-son Qonunining 3-moddasiga ko‘ra Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish deb ko’rsatilgan.
Mazkur Qonunning 7-moddasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi deb belgilangan.
Mazkur Qonunning 27-moddasiga ko’ra korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganlik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Korrupsiyaning oldini olish bilan bog‘liq qonunchilik bazasini mustahkamlashga qaratilgan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunlar, 2020-yil 31-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 829-son Qarori qabul qilindi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifasi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishdan iborat.

Taxiatosh tumani adliya
bo‘limi Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshlig’i    O.Babanov