Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Tug‘ilganlikni qayd etish


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabr kungi 550-son qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish” qoidalarining IV bobiga asosan Bolaning tug‘ilishini qayd etish majburiy bo‘lib, fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDY organi tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Ota-onaning istagiga ko‘ra FHDY organi bolaning tug‘ilganligini qayd etishni tantanali vaziyatda o‘tkazishi mumkin.
Tug‘ilganlik haqidagi ariza bola tug‘ilgan kundan boshlab bir oy muddat mobaynida og‘zaki yoki yozma shaklda berilishi zarur.
Bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi ariza ota-onasi yoki ulardan biri, alohida hollarda esa qarindoshlari, qo‘shnilari yoki ota-onasi yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslar, shuningdek tibbiyot muassasalarining, ichki ishlar yoki vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari tomonidan berilishi mumkin.
Belgilangan muddatning o‘tib ketganligi tug‘ilganlikning qayd etilishiga to‘sqinlik qila olmaydi.
Bunda, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilishini qayd etish uchun FHDY organiga tug‘ilishni qayd etish muddatini o‘tkazib yuborganlik sabablari ko‘rsatilgan ariza bolaning ota-onasi, ota-onaning qonuniy nikohi mavjud bo‘lgan hollarda ulardan biri yoki ishonchnoma asosida boshqa manfaatdor shaxs, ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari tomonidan taqdim etiladi.
Bunday hollarda FHDY organi tug‘ilish faktini tasdiqlovchi hujjatga qo‘shimcha ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa hujjatlarni ham talab qiladi.
Agar tug‘ilganlikni qayd etish to‘g‘risidagi ariza belgilangan muddatdan o‘tkazilib berilgan bo‘lsa, tug‘ilish tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomalarni qayd etish joriy ro‘yxatga olish daftariga qayd etiladi.
16 yoshdan oshgan tibbiy muassasadan tashqarida va tibbiy yordamsiz tug‘ilgan bolaga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnoma rasmiylashtirilmagan shaxslarning tug‘ilganligini qayd etish sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi.
Agar bola 16 va undan katta yoshda bo‘lsa va unga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan rasmiylashtirilgan tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lsa, uning tug‘ilishi ota-ona yoki ulardan biri va voyaga yetgan bolaning arizasiga ko‘ra qayd etiladi.
Tug‘ilganlikni qayd etish uchun: bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomasi (tug‘ilganlikni kompleks davlat xizmati sifatida qayd etish bundan mustasno), ota-onalarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (fuqarolik pasporti, xorijga chiqish pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta, harbiy xizmatchining harbiy bileti), nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi gerbli guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza yoxud nikohda bo‘lmagan onaning arizasi taqdim etiladi.
Bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomada:
onaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, tug‘ilgan sanasi, millati, fuqaroligi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti;
bolaning tug‘ilgan vaqti, sanasi va joyi, jinsi, vazni, bo‘yi;
homiladorlik muddati, hisob bo‘yicha nechanchi homiladorlik;
bolaning tirik tug‘ilganligi mezonlari (nafas olishi, yurak urishi, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beyixtiyoriy qisqarishi);
tibbiy ma’lumotnomaning berilgan vaqti, tartib raqami va tibbiyot muassasasining nomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi zarur.
Bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma tibbiyot muassasasi mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Tug‘uruqxonalardan tashqari joylarda va tibbiy yordamsiz tug‘ilgan bolaning tug‘ilganligini qayd etish uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Bunday holatlarda bolaning ushbu onadan tug‘ilganligiga guvoh bo‘lganlar ishtirokida tuzilgan va uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tasdiqlagan dalolatnoma tibbiy ma’lumotnoma berish uchun asos hisoblanadi.
Tibbiy ma’lumotnoma bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvi bilan birga tikib qo‘yiladi.
Ota-onalardan birining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmagan alohida hollarda FHDY organi tug‘ilganlikni qayd etishni rad qilishi mumkin emas. Bunda hujjatlari bo‘lmagan ota yoki ona haqida ma’lumotlar nikoh tuzilganligi yoki avvalgi bolalarining tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalari asosida ko‘rsatiladi.
Ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmaganda bolaning tug‘ilganligini qayd etish tibbiyot muassasasining yoki vasiylik va homiylik organining yozma murojaatlariga asosan amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan ota-ona (ulardan biri) ning tug‘ilgan bolasi umumiy asoslarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Bunda, o‘zaro qonuniy nikohda bo‘lmagan voyaga yetmagan ota-onaning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organining ishtiroki talab etiladi.
Ota-onasi nikohda bo‘lgan bolaning tug‘ilishi to‘g‘risidagi dalolatnomani yozish shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Bola tug‘ilgunga qadar uning otasi vafot etgan vaqtdan, ota-onasi nikohi bekor qilinganligidan yoki ota-onasining nikohi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan sanadan keyin 300 kundan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa otasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar xuddi shunday tartibda yoziladi.
Bunday hollarda ariza beruvchi tomonidan nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, sudning nikohdan ajratish haqidagi qaroridan ko‘chirma (nusxa) yoki nikohni haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan qaroridan ko‘chirma (nusxa) yoki otasining o‘limi haqidagi guvohnomasi taqdim etilishi kerak. Dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida nikohdan ajralish yoki o‘limning qayd etilgan joyi va sanasi, dalolatnoma yozuvining tartib raqami, qarorni chiqargan sudning nomi va qarorning sanasi ko‘rsatiladi.
Bolaning nasl-nasabi xususidagi barcha nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Bolaning tug‘ilganligini qayd etishda unga familiya ota-onasining kelishuviga ko‘ra ota yoki onaning familiyasi, shuningdek milliy an’analarga muvofiq ota yoki ona tomonidan boboning ismi bo‘yicha beriladi. Kelishuv bo‘lmagan taqdirda nizolar vasiylik va homiylik organi, konsullik okrugida esa — konsul tomonidan hal etiladi.
Bolaga ism ota-onaning roziligiga ko‘ra beriladi. Bolaga qo‘shaloq ism berishga yo‘l qo‘yiladi (Saidahmadxo‘ja, To‘xtamurodjon, Gulira’no, Mirzaolim, Mirzo Ulug‘bek, Roza-Mariya).
Bolaga, uning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, kelgusida uning sha’ni va qadrini kamsitishi mumkin bo‘lgan ism berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bola ismiga doir kelishuv mavjud bo‘lmaganda yuzaga kelgan kelishmovchilik vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
Bolaning ota ismi uning otasining ismiga ko‘ra beriladi. Otasi haqida ma’lumotlar tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi va guvohnomada yozuvlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zgartirishsiz yoziladi.
Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida “Otasi” va “Onasi” ustunlarini ochiq qoldirish qat’iyan man etiladi.
Tug‘ilishni qayd etishning barcha hollarida bola tug‘ilgan ma’muriy hudud uning tug‘ilgan joyi sifatida yoziladi.

Taxiatosh tumani adliya bo’limi
FHDY bo’limi mudiri v.v.b    Sh.Shalabaev