Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va uning tizimida korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi HISOBOT


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va uning tizimida korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi HISOBOT

2024-yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va uning tizimida ishlovchi xodimlarning korrupsiyaviy xatti-harakatlari yuzasidan murojaat kelib tushmadi.
Minimallashtirish choralari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaviy holatlarni oldini olish va kamaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelingan.
Jumladan, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo‘limlariga reyd tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Shuningdek, tizimda ishlab kelayotgan barcha xodimlardan korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etmasligi, bu kabi holatlarga duch kelgan taqdirda zudlik bilan Vazirlikni xabardor qilishi yuzasidan tilxatlar olingan.
Shu bilan birga, korrupsiyaviy risk mavjud deb baholangan lavozimlarda ishlab kelayotgan xodimlar bilan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar o‘tib kelinmoqda.



Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Adliya vazirligi Inson resurslari
sho‘basi boshlig‘i E.D.Gayipov