Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Chimboy tumani adliya boʻlimi koʻmagi bilan pensionerning buzilgan huquqi tiklandi


Chimboy tumani adliya boʻlimi koʻmagi bilan pensionerning buzilgan huquqi tiklandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni bilan adliya organlariga, uyma-uy yurib fuqarolarning huquqiy sohadagi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish vazifasi yuklatilgan edi. Ushbu vazifa ijrosi davomida Chimboy tumani Kenes OFYda yashovchi fuqaro B.Madreymovdan pensiyaga chiqishda ish stajlari toʻliq hisoblanmaganligidan noroziligi toʻgʻrisidagi murojaati kelib tushdi.
Aniqlanishicha, jami 35 yillik ish stajiga ega boʻlgan fuqaro B.Madreymovning 9 yil 8 oylik ish staji ish haqi va ijtimoiy soliq toʻlaganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar mavjud emasligi vaj qilinib, Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Chimboy tumani boʻlimi tomonidan ushbu ish stajlar pensiya tayinlashda hisobga olinmagan.
Vaholanki, Mehnat kodeksining 125-moddasida lozim darajada tasdiqlangan qog‘oz yoki elektron shaklidagi mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi va jismoniy shaxsning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi verifikatsiya qilingan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan asosiy hujjatdir deb koʻrsatilgan.
Qonun talablariga asoslanib, fuqarolarning mehnat daftarchalarida yuqorida koʻrsatilgan mehnat stajlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilganligi sababli fuqarolarning qonuniy huquqlarini himoya qilish maqsadida tuman adliya boʻlimi tomonidan Nukus tumanlararo ma’muriy sudiga shikoyat arizalari kiritildi va sud qarori bilan Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Chimboy tumani boʻlimiga fuqarolarning mavjud ish stajlarini qayta hisoblash boʻyicha majburiyat yuklatildi.


Ernashov Azamat Kuatbaevich  
Chimboy tumani adliya boʻlimi boshlig‘i