Янгиликлар
27
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning faoliyat turlari ro‘yxati kengaytirildi
So‘nggi yillarda ayniqsa, aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish borasida bir qator ijobiy natijalarga erishildi.
Misol tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabr kungi PF-193-sonli Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati”ga o’zgartirishlar kiritildi.
Endilikda, quyidagi faoliyat turi bilan shug’ullanuvchi shaxslar o’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishi mumkin:
- qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar to‘qish
- uy sharoitida loydan tandir tayyorlash
- atlas va adras to‘qish
- mayda munchoq (biser) tikish
- do‘ppido‘zlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash
- temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash
- asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash
- quroqchilik usulida ko‘ylak, ko‘rpa va yopinchiqlar tikish
- qo‘ziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish
- pichoq tayyorlash, charxlash va sotish
- qog‘ozdan qutilar, banderollar tayyorlash
- uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish
- tayyor mahsulotga etiketka biriktirish
- uy sharoitida bolalar o‘yinchog‘i ishlab chiqarish
- uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash
- yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash
- milliy taqinchoqlar yasash
- kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash
- dag‘al jundan gilam, ko‘rpa va yostiq tayyorlash”.
Ellikqal’a tumani
adliya bo’limi boshlig’i U.Atadjanov