Янгиликлар
27
FHDY sohasidagi yangiliklar
Inson tug’ilib to umrining oxiriga qadar bo’lgan vaqt mobaynida bir necha marotaba FHDY bo’limiga murojaat qiladi. Hamda tug’ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, shuningdek o’limni qayd qildirish kabi xizmatlardan foydalandi.
Avvallari tug’ilish, nikoh, nikohdan ajralish va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun FHDY bo’limiga kelgan fuqarolardan birinchi navbatda doimiy ro’yxatdan o’tgan manzili so’ralardi. Agar boshqa tumanda istiqomat qilsa o’z yashash manzili bo’yicha borib xizmatdan foydalanish kerakligi aytilardi.
Zamon shiddat bilan rivojlanishi barcha sohalar qatori aholiga davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini ham yangi bosqichga olib chiqdi. Endilikda yurtimizda istiqomat qilayotgan fuqarolar o’zlariga yaqin bo’lgan hududda joylashgan FHDY bo’limiga borib barcha xizmatlardan eksterritorial tartibda foydalanishlari mumkin.
Nikohni qayd etish uchun, tug`ilganlik haqida guvohnoma olish, tug`ilganlik haqiqa takroriy guvohnoma olish, oila a`zolari ma`lumotlarini tahrirlash uchun FHDY bo`limiga online ariza yuborish imkoniyati yaratildi.
Fuqarolarni quvontiradigan yana bir yangilik endilikda farzandi tug’ilganda beriladigan bir martalik suyunchi pulini ota-onalarning bank plastik kartasiga FHDY bo’limining o’zida tushurib berilmoqda. Bu kabi yaratilayotgan qulayliklar fuqarolarning vaqtini tejashga xizmat qilmoqda.
Amudaryo tumani
FHDY bo`limi
2-toifali inspektori R.Polvanova