Янгиликлар
27
Tug‘ilganlikni tibbiyot birlashmasida ro‘yxatga olish tartibi
Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlari Toshkent va Nukus shaharlarida, 2021-yil 1-fevraldan barcha viloyatlar markazlarida, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab esa — butun respublika hududida ko‘rsatiladi.
Tibbiyot muassasasi (tug‘ruqxona, shifoxona tug‘ruq bo‘limi, oilaviy poliklinika) bola va unga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi barcha ma’lumotlarni elektron tibbiy ma’lumotnomani shakllantirish uchun maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda — FHDY bo‘limi) “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi.
FHDY bo‘limi tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi yoki dalolatnoma yozuvini qayd etishni tasdiqlangan Reglamentning 9-bandiga asosan rad etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi hamda boshqa davlat xizmatlaridan kompleks tarzda foydalanishni ta’minlaydi.
Ariza beruvchilarning istalgan vaqtdagi talabiga asosan tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomani eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi.
Amudaryo tumani
FHDY bo‘limi
2-toifali inspektori N.Ungarova