Янгиликлар
27
O‘rindoshlik bo‘yicha ish uchun ish haqi to‘lash
O‘rindoshlik bo‘yicha ish uchun ish haqi to‘lash
O‘rindoshlik bo‘yicha ish uchun ish haqi to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.10.2012iyildagi 297-sonli qarori a`sosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
O‘rindoshlar mehnatiga haq to‘lash mehnat shartnomasiga muvofiq:
mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida – haqiqatda bajarilgan ish uchun;
mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shaklida – ishlangan vaqtga mutanosib tarzda amalga oshiriladi.Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida ish haqi ishning qiymati bo‘yicha hisoblanadi.Agar mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shaklida o‘rindoshga normalangan topshiriq belgilansa, u holda mehnatga haq to‘lash xodim tomonidan amalda bajarilgan ish uchun ishning pirovard natijasi bo‘yicha to‘lanadi.
Tuman koeffitsiyentlari va ish haqiga ustamalar belgilangan tumanlarda o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga mehnatga haq to‘lash koeffitsiyentlar va ustamalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
O‘rindoshlik asosidagi ish uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori mehnat unumdorligiga yoki mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa shartlarga qarab, ishlangan vaqtga proporsional ravishda, qonunchilikda belgilangan Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi bo‘yicha birinchi razryad tarif koeffitsiyenti asosida hisoblab chiqilgan miqdordan past bo‘lishi mumkin emas.
Xodimning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqishda, ushbu hisoblab chiqish maqsadlaridan qat’i nazar, asosiy ish joyi bo‘yicha va o‘rindoshlik bo‘yicha ish uchun ish haqi alohida hisoblab chiqiladi.
Agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa mahalliy hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, mukofot, qo‘shimcha haq, ustama, rag‘batlantirish to‘lovlari shakli va tizimi tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qonlikol tumani adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Otemisova