Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Korrupsiyaga qarshi kurashish davr talabi


Barchamizga ma’lumki, hozirgi zamon milliy va xalqaro huquqida tobora ko‘p qo‘llanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiyadir.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Chunki poraxo‘rlik - hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan xavfli jinoiy hodisalardan biridir.
Ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.
Korrupsiya fuqaroning davlat vakili bilan ma’muriy munosabatlari ma’no-mohiyatini o‘zgartiradi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. “Korrupsiya - davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir.
Korrupsiya, birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy taʼsir etmay qolmaydi; ikkinchidan, fuqarolarimizda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatning yetarli darajada emasligi, oʻz haq-huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining buzilishini koʻpaytiradi.
Albatta, mamlakatimizda ham bu illatga qarshi keskin kurashish choralari koʻrilmoqda. Tadqiqotlar biror-bir illatga barham berishda eng samarali vosita illatning oʻzi bilan emas, balki sababi bilan kurashish ekanini koʻrsatmoqda

Amudaryo tumani
FHDY bo‘limi
2-toifali inspektori  R.Polvonova