Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

OILAVIY MUNOSABATLARDA ER VA XOTINNING HUQUQLARI


O`zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasining 58-moddasida: “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta`minlaydi” deb ko`rsatilgan.
Oilaviy munosabatlarda er va xotin birdek huquqlarga ega. Masalan buni majburiy va erta nikohlarga yo`l qo`yilmasligi, er va xotinning shaxsiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlari tengligi, oilaning ichki mojarolarini o`zaro kelishuv bo`yicha hal qilishga, uy mehnatiga nisbatan xotin-qizlar va erkaklar huquq hamda majburiyatlarining tengligiga, bolalarni boqish, tarbiyalash va o`qishda, voyaga etmagan hamda mehnatga layoqatsiz oila a`zolarining huquq hamda manfaatlari himoya qilinishini ta`minlashda teng ishtirok etishda ko`rsak bo`ladi.
Ota-onalar kichik yoshdagi bolalarni, nogironligi bo`lgan oila a`zolarini parvarishlash bo`yicha nafaqalar olishda ham teng huquqlarga ega bo`ladi.
Bola tug`ilgandan keyin ona ham, ota ham haq to`lanadigan ta`til olish huquqiga ega. Bolani parvarishlash bo`yicha ta`tilning davomiyligi ota-onaning ixtiyoriga ko`ra ular o`rtasida bo`linishi mumkin, bunda ota-ona ta`tildan uni qismlarga bo`lgan holda foydalanishi mumkin.
Farzandlarning komil inson bo`lib etishishida oiladagi ta`lim-tarbiya va muhit katta ahamiyatga ega. Farzand tarbiyasida ota va ona birdek ma`suliyatga ega.


To`rtko`l tumani
FHDY bo`limi mudiri T.Musayeva