Янгиликлар
27
Tug‘ilganlikni tibbiyot muassasasi orqali qayd etish tartibi
Tibbiyot muassasasi xodimi bola tug‘ilganidan so‘ng 1 kun mobaynida bola va unga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi ma’lumotlarni “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” axborot tizimiga kiritish hamda ushbu tizim orqali FHDY bo‘limiga yuboradi.
FHDY bo‘limi ma’lumotlar kelib tushgandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida bola, ota-ona va ularning nikohi haqidagi ma’lumotlarni qonunchilik hujjatlariga asosan tekshirib, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etish va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.
Ma’lumotlar kelib tushgandan so‘ng 1 ish soati mobaynida elektron tizim orqali kelgan ma’lumotlar qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lgan hollarda dalolatnoma yozuvini qayd etishni tasdiqlangan Reglamentning 9-bandiga asosan rad etish hamda tibbiyot muassasasiga rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan QR-kod qo‘yilgan xabarnoma yuborish belgilangan.
Tibbiyot muassasasi xodimi QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani ariza beruvchilarga chop etib berishi lozim.
Ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng darhol 1 ish kuni mobaynida Ichki ishlar bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga, Sog‘liqni saqlash vazirligiga, Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalariga va Xalq banki filiallarida avtomatik tarzda ro’yxatga olinadi.
FHDY bo‘limi fuqarolar murojaat qilgan vaqtda ariza beruvchilarning istalgan vaqtdagi talabiga asosan tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomani eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi.
Mo‘ynoq tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i A.Annarazov