Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik tartibi qanday?


Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik tartibi qanday?

Ta’lim dasturlari bolalarga nisbatan va bolalar o‘rtasida zo‘ravonlikning, shu jumladan ta’qib etishning (bullingning) oldini olishga, shuningdek bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga nisbatan mensimaslik bilan munosabatda bo‘lishga barham berishga ko‘maklashishi kerak.
Ta’lim muassasalarida intizomiy jazo choralari sifatida zo‘ravonlikning har qanday shakllarini, shu jumladan jismoniy jazolarni va boshqa shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazo turlarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan va bolalar o‘rtasida zo‘ravonlikning, shu jumladan ta’qib etishning (bullingning) oldini olish, shuningdek zo‘ravonlikni qo‘llash faktlari yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha dasturlar va mexanizmlar joriy etiladi. Bunday chora-tadbirlar ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga, ustavlariga va ish rejalariga kiritiladi.
Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida ta’lim muassasasi rahbariyati bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishiga imkon beruvchi sabablarni va shart-sharoitlarni bartaraf etish, ta’lim muassasasida inson huquqlari va qadr-qimmatini hurmat qilishga asoslangan, zo‘ravonlikdan xoli bo‘lgan munosabatlarni shakllantirish, xavfsiz va ijobiy psixologik muhitni tashkil etish hamda ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida ta’lim muassasasi xodimlari ta’lim oluvchilar, ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), pedagogik jamoaning a’zolari bilan muloqot qilishda ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga, pedagogik odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishi, barcha ta’lim oluvchilarga teng munosabatda bo‘linishini ta’minlashi, sinfdagi psixologik muhitni baholashi va yaxshilashi, ta’lim oluvchilar bilan suhbatlar o‘tkazishi hamda ota-onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) maslahatlar berish uchun psixologlar va psixolog inspektorlar bilan yaqin hamkorlikni ta’minlashi shart.
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida ta’lim muassasasi o‘quvchilari ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik hollarining oldini olish maqsadida tashkil qilingan treninglarda ishtirok etishi, agar zo‘ravonlikka guvoh bo‘lsa yoki bu haqda axborotga ega bo‘lsa, ta’lim muassasasining rahbariyatini albatta xabardor etishi shart.

Qonlikol tumani adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Otemisova