Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning jamiyatga integratsiyasini ta’minlash tartibi


Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning jamiyatga integratsiyasini ta’minlash tartibi

Quyidagilar bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
bolaning oila muhitida tarbiya topishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy himoya tizimini yo‘lga qo‘yish, oilani qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikdan chiqarishga ko‘maklashish orqali ijtimoiy yetimlikning oldini olish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ularning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqib, muqobil shaklda joylashtirish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni muqobil joylashtirishning ixtisoslashtirilgan tarbiya muassasalariga joylashtirish shaklini bosqichma-bosqich noinstitutsionallashtirish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish va ularning vakilligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etish.

Qonlikol tumani adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti  J.Otemisova