Янгиликлар
27
Ijtimoiy profilaktika tadbirlari kimlarga nisbatan amalga oshiriladi?
Ijtimoiy profilaktika tadbirlari kimlarga nisbatan amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2024 yildagi 801-son “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi qaroriga muvofiq ijtimoiy profilaktika tadbirlari quyidagi shaxslarga nisbatan amalga oshiriladi:
a) huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli bo‘lgan shaxslar:
band bo‘lmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz shaxslar;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan shaxslar;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan shaxslar;
g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslar;
qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlar;
ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilari;
davlat ko‘magiga muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar;
huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar;
ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalar;
yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar;
muntazam tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan xotin-qizlar;
jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan shaxslar;
og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar;
tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan shaxslar;
b) huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli bo‘lgan shaxslar:
parvarishga muhtoj yolg‘iz keksalar;
nogironligi bo‘lgan va og‘ir kasallikka chalingan shaxslar.
Qonlikol tumani adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Otemisova