Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Davlat xizmatlarini koʼrsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish Face-ID usuli joriy qilinadi


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishda Face-ID tizimi joriy qilindi.
Face-ID — bu shaxsning yuzini tanish orqali identifikatsiya qilish (ya’ni, shaxsni aniqlash) texnologiyasidir. Bu tizim kamera orqali foydalanuvchining yuzining o‘zgarmas anatomik xususiyatlarini (masalan, ko‘zlar, burun va og‘izning joylashuvi va boshqa qayd etish mumkin bo‘lgan belgilar) skanerlaydi va ularni ma’lumotlar bazasida saqlangan ma’lumotlar bilan solishtirib, shaxsni aniqlashga imkon beradi.
Hozirda fuqarolar Davlat xizmatlari markaziga kelganda, uning shaxsini aniqlash uchun pasport yoki ID-karta talab qilinadi. Face-ID tizimi joriy etilsa, ushbu hujjatlarga ham zarurat bo‘lmaydi, tizimning o‘zi fuqaroning kimligini aniqlab beradi.
Islohotlar natijasida keyingi besh yil davomida davlat xizmatlari ko‘rsatishda talab qilinadigan hujjatlar soni ikki barobarga kamaydi.
Face-ID tizimi davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida shaxsni aniqlashda yuqori darajada xavfsizlikni amalga oshiradi va ta’minlaydi.
Face-ID tizimidan autentifikatsiyadan o‘tish jarayonida parollar, PIN-kodlar yoki boshqa identifikatsiya usullarini kiritishga ehtiyoj bo‘lmaydi, bu esa foydalanuvchini yodda saqlash va qayta kirishdagi muammolarni hal qiladi.
Bu elektron xavfsizlikni ta’minlashda yangi darajaga olib keladi, chunki parollar va SMS kodlar yoki identifikatsiya bo‘yicha so‘rov kodlari bilan bog‘liq xavflar bartaraf etiladi.
Face-ID dan foydalanish jarayonida elektron platformalarga kirishda shaxsga doir biometrik ma’lumotlar uzoq muddat saqlanmaydi va ular faqat autentifikatsiya uchun ishlatiladi. Bu fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlaydi.
Xulosa qilib aytganda, Face-ID texnologiyasining joriy etilishi davlat xizmatlari sohasida yangi imkoniyatlar va xavfsizlik standartlarini yaratadi. Bu tizim orqali davlat xizmatlariga murojaat qilishning qulayligi, xavfsizligi va samaradorligi oshishi bilan birga fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Chimboy tuman adliya boʼlimi,
yuridik xizmat koʼrsatish markazi
boshlig’i    A. Reymov