Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi takomillashtirildi


Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi takomillashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 774-son qarori bilan Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida qarori qabul qilindi.Qarorda quyidagi jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishi belgilab berildi:
kam ta’minlangan shaxslar, agar ular fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar, ma’muriy ishlar bo‘yicha ariza beruvchilar, ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar hamda jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek, mahkumlar bo‘lsa;
ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;
o‘z huquqlari buzilgan, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunida nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.
Ushbu Nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslarga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar va ma’muriy sudlarga taalluqli bo‘lgan quyidagi ishlar bo‘yicha davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishi belgilandi:
ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash;
ishga tiklash;
ish haqini undirish;
alimentlarni undirish;
uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va ko‘chirish;
mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek, boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 991-moddasida nazarda tutilgan tartibda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarining va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan kam ta’minlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ushbu shaxslar tomonidan ma’muriy qamoq jazosi nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan hollarda ko‘rsatiladi.
Ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslarga psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda davlat hisobidan yuridik yordam:
tashxis qo‘yish, davolash va reabilitatsiya qilish;
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash;
jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud-psixiatriya ekspertizasini o‘tkazish chog‘ida ko‘rsatiladi.
Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi to‘g‘risidagi ishlarni sudlarda ko‘rish chog‘ida davlat hisobidan yuridik yordam xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlashning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatiladi:
davlat fuqarolik xizmati sohasida;
saylov huquqlarini amalga oshirishda;
iqtisodiy sohada hamda tadbirkorlik faoliyatida;
mehnat munosabatlarida;
ijtimoiy himoya sohasida;
oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida;
ta’lim, ilm-fan, madaniyat hamda sog‘liqni saqlash sohasida.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchilarga davlat hisobidan yuridik yordam O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda ko‘rsatiladi.
Kam ta’minlangan shaxs bo‘lgan mahkumlarga davlat hisobidan yuridik yordam sudning hukmi, ajrimi va qarorlarini qayta ko‘rib chiqishda, shuningdek, ularni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda ko‘rsatiladi.

Qonlikol tumani adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti  J.Otemisova