Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida


Bolalar – bizning kelajagimiz, naslimiz davomchilaridir. Bolalarimizni sog‘lom, bilimli qilib tarbiyalash biz uchun farzdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va bir qator qonunlari bolaning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bolaning huquq va erkinliklarini himoya qilishning asosiy tamoyillarini belgilab beradi. Ular orasida:
Hayot huquqi: Har bir bola hayotga huquqli.
Teng huquqlik: Bola jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqa holatlaridan qatʼiy nazar, teng huquqlidir.
Taʼlim olish huquqi: Majburiy boshlangʻich taʼlim taʼminlanadi.
Sogʻliqni saqlash huquqi: Bola sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash davlat tomonidan kafolatlanadi.
Himoya qilinish huquqi: Bola zoʻravonlik, shafqatsizlik va ekspluatatsiyadan himoya qilinadi.
“Bolalarimizning huquqlarini har tomonlama himoya qilish uchun 2008-yil 7-yanvar kuni “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ko‘rsatilib o‘tilgan: bola deganimiz — o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan shaxs; bolaning qonuniy vakillari — ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar; vasiylik va homiylik — ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ularga ta’minot, tarbiya hamda ta’lim berish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli. Vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan, homiylik esa o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan belgilanadi.

Qo‘ng‘irot tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti: O.T.Matyakupov