Янгиликлар
“Ommaviy madaniyat”ning yoshlar ongiga ta’siri
Hozirgi kunda millat ma`naviyatiga xavf solayotgan tahdidlardan biri ommaviy madaniyatdir. Ommaviy madaniyat XX asr o’rtalarida shakllangan fenomen bo‘lib, unga qisqaroq va tushunarliroq qilib ta’rif beradigan bo‘lsak, ommaviy madaniyat-bizga chetdan kirib kelayotgan milliy va diniy qarashlarimizga yot ma’naviy va axloqiy illatlarni o‘z ichiga olgan xurujlar yig‘indisidir.
Ommaviy madaniyat insonlarning madaniy va estetik talablari saviyasini pasaytiradi. Ijtimoiy munosabatlarda insoniylik tamoyilini buzadi.
Ommaviy madaniyat xalqning eng katta boyligi bo‘lgan yoshlarni o‘ziga qaratib, ularni ma’naviy va madaniy qarashlarini mensimaslikka undaydi. Bundan tashqari yoshlarni yengil hayotga chaqirib, ma’suliyatsiz ruhda voyaga etishiga sababchi bo‘ladi. Xususan, ommaviy madaniyat yoshlar ongida teleserial yoki videofilmdagi bosh qahramonlarning ichishi, chekishi, mushtumzo‘rligi, axloqiy me’yorlarni mensimasligi bilan o‘ta salbiy ta’sir o‘tkazadi.
“Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, oqni qoradan, do‘stni dushmandan ajratishga qodir bo‘lgan, bizning qanday boy tarix va merosga ega ekanimizni anglab yashaydigan, iymon e’tiqodli, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan insonlar etib voyaga yetkazishimiz, bu masalani hech qachon ikkinchi darajali vazifa deb bilmasligimiz kerak…”
Kegeyli tumani
adliya bo’limi
bosh maslahatchisi B.Ikmetullaev