Янгиликлар
26
ODAM SAVDOSI – JAMIYAT RIVOJIGA TO’SIQ
O‘zbekiston 2003-yil 12-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1950-yilda qabul qilingan Konvensiyaga qo‘shildi.
Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri boʻlgan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Odam savdosi illati jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan XXI asrning jiddiy muammolardan biridir. Bu illat bilan kurashishda nafaqat davlat tashkilotlari, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda xalqaro tashkilotlar ham manzilli ishlarni amalga oshirmoqda.
Mehnat migratsiyasi hamda axborot almashuvining kuchayishi odam savdosi bilan shugʻullanadigan jinoyatchi guruhlarga oʻz qabih niyatlarini amalga oshirishga imkon yaratib bermoqda. Xalqaro mehnat tashkilotining hisob-kitoblariga koʻra butun dunyoda 21 million kishi majburiy mehnatning jabrlanuvchilari hisoblanadi. BMT maʼlumotlariga koʻra, odam savdosi qurbonlarining 71 foizini ayollar va bolalar tashkil etadi.
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda ham odam savdosini oldini olish va unga qarshi kurashish borasida ulkan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi etib qayta tashkil qilindi.
2020-yil 17-avgust kuni “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni Yangi tahrirda qabul qilindi. Mazkur islohotlar mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurashga qattiq bel bog’langanidan dalolatdir.
Qo‘ng‘irot tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti M.Seytbayeva