Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Diniy ekstremizm va terrorizmdan - ogoh bo‘ling


Mamlakatimiz keng jamoatchilik bilan birgalikda ekstremizm va terrorizm hamda ularni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 – 2026 - yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyasi qabul qilingan bo’lib, ekstremizm va terrorizmning mintaqada tarqalishi uchun asosiy sabab va shart-sharoitlar ham, ekstremist va terrorchilar o‘z buzg‘unchi faoliyatida foydalanadigan turli ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy va boshqa omillar ham inobatga olingan. Strategiyaning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, milliy xavfsizlik, shuningdek, fuqarolarning ushbu sohadagi huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha samarali va bir vaqtning o‘zida muvofiqlashtirilgan davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlashdir.
Yana ta’kidlash joizki, tinchlikni ulug‘ ne‘mat deb e’lon qilgan dinimizda bu yo‘lda nafaqat amal bilan, balki so‘z bilan ham zarar keltirishdan qaytarilgan. Shu nuqtai-nazardan, fuqarolarimiz yurtimizda tinchlik-xotirjamlikni avaylab-asrash yo‘lida davlatimizning mutasaddi idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarni e’tiqodan qo‘llab-quvvatlashlari va qo‘lidan kelgancha ularga yordam berishlari lozim. Tahdidlarni oldini olishga qaratilgan aynan mana shunday
chora-tadbirlar hisobiga yurtimiz tinch, dindorlarimiz xotirjamlikda ibodatlarini ko‘ngildagidek ado etmoqdalar.
Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo‘shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, eng asosiy vazifalaridan bo‘lib qolmog‘i lozim.


Qo‘ng‘irot tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti    M.Seytbayeva