Янгиликлар
02
Qo’ng’irot tumani adliya bo’limi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan 2024-yilning 11 oyida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 29-iyun kuni “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5168-son Qarori qabul qilindi.
Аyni kunda, Qo’ng’irot tuman adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan tumandagi 100 dan ziyod davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan ichki idoraviy boshqaruvga oid yuridik kuchga ega hujjatlarning puxta va sifatli boʻlishini ta’minlash, shuningdek nizolar yuzasidan sudlar ularning manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida yuridik xizmat koʻrsatilib kelinmoqda.
Joriy yil 11 oy davomida Markaz tomonidan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan 54083 yuridik tusga ega hujjat loyihalari ekspertizadan oʻtkazildi. Shulardan 32916 tasi buyruqlarni va 21167 tasi esa shartnomalarni tashkil etadi.
Markaz tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan 54083 ta hujjat loyihalarining 53880 tasiga ijobiy xulosa berilgan boʻlsa, 75 ta hujjat loyihalari qonunchilik talablariga zid ishlab chiqilganligi sababli salbiy xulosalar berilgan.
Shuningdek, 128 ta hujjat loyihalari qonunchilikka nomuvofiq ishlab chiqarilganligi sababli, rad etilib,ishlab chiqaruvchilarga qayta ishlovga qaytarilgan.
Hisobot davrida yuridik xiizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar manfaatlarini koʻzlab shartnomaviy munosabatlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga 143 ta talabnoma kiritilgan va iqtisodiy sudlarga tashkilot qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan 23 ta da’vo arizalari kiritilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha 998 ta tizim orqali targʻibot tadbirlari oʻtkazildi, shundan 92 tasi ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan.
Xulosa qilib aytganda, Qoʻngʻirot tuman adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan tumandagi davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan yuridik kuchga ega hujjatlarning puxta va sifatli boʻlishini ta’minlash, xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida shartnomaviy munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolar yuzasidan sudlarda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish boʻyicha sifatli va malakali yuridik xizmat koʻrsatilib kelinmoqda.
Qo‘ng‘irot tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshyuriskonsulti M.Seytbayeva